DILGA KÖÇAR QÖŞIQLAR
Aytilmoqçi bölgan tuyğular, aytilmoqçi bölgan dil sözlari, aytilmoqçi bölgan iqrorlar Xudoybergan Jumamurodovning qalamiga mansub "Men aytmoqçi bölgan qöşiqlar” nomli şeʼrlar töplamidan joy olgan. Jöşqinlik va samimiyat ufurib turgan satrlarda şoirning köngil keçinmalari, hayratlari, şukronalari ifodalangan.
Misralarida dil tuyğularini qöşiq qilib kuylagan ijodkor ularni nazm ahli bilan baham körişni istadi. Söz tizginini öziga böysundirib, tafakkurini jonlantirdi. Tuyğularidan guldasta yasab, dilda borini tökib soldi:
Dilda borin kuylamoq istab,
Şeʼr yozişga böldim muyassar.
Ilhom kelib tebratgaç dilni,
Şeʼriyatga çoğladim yölni,
Ufqlarga çözgandek qölni,
Şeʼr yozişga böldim muyassar.
Hayot gulboğlarida Vatanni buyuk deb umr keçirayotgan ijodkor Xudoybergan Jumamurodov tumanimizda yaşab, ijod qilib kelmoqda. Uning şeʼrlari 1967-yildan boşlab, tuman gazetasida çop etila boşladi. Ijodga, adabiyotga bölgan muhabbati uni 1968-yilda Nukus davlat pedagogika institutining filologiya fakultetiga boşladi. Tahsil davri tugaganidan söng, Xudoybergan Jumamurodov pedagoglik faoliyati bilan şuğullandi. Umrining qirq yilini yoş avlodga özbek tili va adabiyoti fanidan saboq berişga bağişlagan bu inson hozir nafaqada.
Ijodkor ellik yildan buyon köngil daftarini şeʼriyat ahliga oçib, ijod zavqini surib kelmoqda. Uning ijod namunalarida samimiylikni, onaga, oilaga, farzandga, hayotga muhabbatni körasiz. U hatto, öz şeʼrlari bilan kimlargadir darddoş, kimlargadir taskin, umid va işonç bağişlaşni istayotgandek tuyuladi. Bunday hamdardlik, munosabat uning har bir satrida aks etadi.
Dilsayyor, hayot murakkab,
Yaşaş özi katta bir maktab.
Şeʼrlar yozsam xalqimga atab,
Yaxşi armon-niyatlar bordir.
Har bir otgan tongni hayotdan nişon deb bilgan ijodkor Xudoybergan Jumamurodov uning gözalligidan ilhomlanadi. Mana şu ilhomlarining mahsullarini jamlab, şeʼriyat şaydolari uçun "Men aytmoqçi bölgan qöşiqlar” kitobini yaratdi. Aminmizki, şoirning ilk kitobidan örin olgan şeʼrlar qöşiq bölib köngillarni yayratadi va dillarga köçadi.
Ozoda XUDOYBERGANOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶