14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 04:30
Madaniyat 👁 334

QOʻShIQLARI ELGA MANZUR

QOʻShIQLARI ELGA MANZUR

Sanʼat olamiga endigina qadam qoʻygan, oʻzining muallifligidagi qoʻshiqlari bilan tanilayotgan, oʻziga xos ovoz egasi, sozanda va xonanda Rahmatjon Oʻrozimbetov isteʼdodli yoshlardan biri. U ayni paytda Choykoʻl ovulidagi Madaniyat markazida estrada toʻgaragi rahbari boʻlib ishlaydi. Rahmatjon ijrosidagi xalqona qoʻshiqlar allaqachon oʻz muxlislarini topgan. Xushovoz xonandaning chiqishlari nafaqat yoshlar, balki kattalarga ham juda manzur boʻlmoqda.

Rahmatjon 1995-yilda Qipchoq ovulida tavallud topgan. Uning sanʼatga, musiqaga qiziqishiga dadasi Ollambergan aka sababchi boʻldi. Koʻpincha oila davrasida Ollambergan aka doira chalar, bunday lahzalar ular uchun juda zavqli edi. Doirani yaxshigina chaladigan Ollambergan akani toʻy-hashamlarga xizmatga tez-tez chaqirib turishar, gohida katta farzandi Rahmatjon ham unga ergashardi. Shundanmi, u kichikligidan soz chalishga havasmand boʻldi. Ovuldagi 18-sonli maktabda oʻqiy boshlagan Rahmatjonning eng sevimli darslari qatoriga musiqa darsi ham qoʻshildi. Musiqa oʻqituvchisi Erkaboy Xoʻjaniyozov undagi isteʼdodni payqab, alohida shugʻullana boshladi.

Ota-onasi ham farzandidagi qiziqishga qarab, 21-sonli BMSM maktabiga, toʻgarak mashgʻulotlariga qatnashishiga imkoniyat yaratishdi. Musiqa maktabida ustozi T.Hayitboyevdan doira, surnay va qoʻshnay chalishni mukammal oʻrganib oldi. 

Rahmatjon uchun musiqa hayot mazmuniga aylandi. U 9-sinfni  tugatganidan soʻng, Ellikqalʼa tumanidagi Otajon Xudoyshukurov nomli Sanʼat va pedagogika kollejida anʼanaviy cholgʻu ijrochiligi yoʻnalishida tahsil oldi. Ushbu maskanda bulomon va klarnetda ham kuy chalishni oʻrgandi. Mahoratli ustozlardan sanʼat olamining sir-asrorlarini toʻliq bilib olishga harakat qildi.

Maromiga yetkazib chalgan navolari, xush ovozda kuylagan qoʻshiqlari bilan el nazariga tusha boshlagan Rahmatjon 2018-yilda tahsilni Ajiniyoz nomidagi NDPIda, musiqiy taʼlim yoʻnalishida davom ettirdi. Oʻqishni tugatgunicha sanʼat sohasida koʻzga koʻrinishga ulgurgan yosh isteʼdod egasi tumanga kelganidan soʻng, Choykoʻl madaniyat markazida ish boshladi. Oʻz ustida ishlashda davom etayotgan Rahmatjon oʻzining muallifligida qator qoʻshiqlar yaratdi. Ayniqsa, ellikqalʼalik shoir Xursand Karimov qalamiga mansub "Hayotimsan", "Yoqdi mani" qoʻshiqlari,  elimizdagi havaskor ijodkorlar sheʼrlaridan yaratgan “Amudaryo qizlari”,  “Doʻstim” deb nomlangan qoʻshiqlari muxlislariga juda manzur boʻldi.

Hozirgi kunda estrada yoʻnalishida 20 nafarga yaqin yoshlarga musiqadan saboq berib kelayotgan yosh xonandaning kelgusidagi rejalari katta. U mumtoz yoʻnalishda ham qoʻshiq kuylab, oʻz repertuarini yanada boyitish, xilma-xil mavzularda xalqning dilidan joy oladigan koʻplab qoʻshiqlar yaratish niyatida.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019