BOBUR OVULLIK ONAXONLAR TALQINIDAGI “MILLIY QADRIYaTLARIMIZ – YoŞLAR NIGOHIDA” TEATRLAŞTIRILGAN TADBIR BARÇAGA MANZUR BÖLDI
Ösib kelayotgan yoş avlodni milliy-maʼnaviy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş, töylar, oilaviy marosimlarni ortiqça sarf-xarajatlarsiz, tartibli va mazmunli ötkazişda köpni körgan, katta hayotiy tajribalarga ega onaxonlar bilan bamaslahat iş tutiş yoşlar qalbida xalqimizning boy milliy-madaniy merosiga hurmat va ehtirom tuyğularini uyğotişi tabiiy. Çunki xalqimizga xos bölgan ezgu fazilatlardan biri – bu intellektual mulkni sadoqat bilan asrab-avaylaş, kelgusi avlodlarga bus-butun, gözal tarzda yetkazişdir.
Bu borada Amudaryo tumanining Bobur nomli ovul fuqarolar yiğini xotin-qizlar faoli Sabohatxon Rajabova tomonidan amalga oşirilayotgan işlar eʼtiborga munosib.
Joriy yilning 1-avgust sanasida bölib ötgan “Milliy qadriyatlarimiz – yoşlar nigohida” deb nomlangan teatrlaştirilgan tadbirda nafaqat ovul yoşlari, balki tadbir mehmonlari ham olam-olam zavq oldilar. Köça boşçi ayollar, ovulda istiqomat qiluvçi nuroniy onaxonlar, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlaş böyiça komissiya aʼzolari, yoşlar iştirok etgan mazkur tadbirda ovul onaxonlari tomonidan asrlar davomida oilalar mustahkamligi, soğlom va barkamol farzandlar tarbiyalab, voyaga yetkaziş borasida muhim ahamiyatga ega bölgan biri-biridan gözal urf-odat va anʼanalar, oilaviy marosimlar, yangi kelinning zimmasidagi burç va majburiyatlari sahnaviy körinişlar asosida talqin etilgani barçaga manzur böldi.
Xususan, yangi kelining sarpolarini tayyorlaş sahnasi bilan boşlangan tadbirda onaxonlar Gulora Davlatboyeva, Gulsara Allaqulova, Irodaxon Ortiqovalar biri-biridan bejirim körpa-yostiqlar, körpaça-yu quroq töşaklar tikiş, quroq körpaçalarda naqş etilgan ota-onalar orzularini mahorat bilan namoyiş qildilar.
Kelin-qizning dugonalari, ota-onasi bilan xayrlaşiş marosimi yanada zavqli böldi. Bu sahnada kelin rolini Şahnozaxon Eşimova hayotiy tarzda, nihoyatda işonarli qilib ijro etib berdi. Bu sahna körinişida kelin yangalari Nasibaxon Tangriberganova, Marziya Xolmurodova, kelinning dugonalari Muhayyo Allamberganova hamda Şohistaxon Otajonovalar kelin qizni yasantirib, qoşlariga ösma, közlariga surmalar qöyişdi. Sunbul soçlarini örib, davraga olib çiqqanlarida tabiiy gözallikdan barçaning köngli töldi, qalblarda havas uyğondi. Hatto iştirokçilar tomonidan “qizlarimizni şunday kiyintirib, yasantiriş kerak”, degan fikrlar bildirildi.
Şundan söng, yana bir onaxon Malika opa Şukurullayeva qiroat bilan yor-yorlar aytdi. Yor-yorlar, el-yurtning oq fotihasi bilan uzatilgan kelinni töyxonada anʼanalarimizga köra, burundiq enasi tuşirib oldi. Burunduq ena rolini qoyilmaqom qilib ijro etgan Umidaxon Maşaripovani qutluğlab Qizlargul Allamberganova “hammani ham şunday töyga yetkazsin”, degan maʼnoda kelinning boşidan soçqilar soçdi.
Kelinni yangi qarindoşlari bilan taniştiriş sahnasi yanada qiziqarli taassurotlarga boy böldi. Doira çalib, jöşqin kelin salomlar orqali yangi qarindoşlar bilan taniştiruv marosimini ötkazgan Sanamjon Qutlimurodovadan barça minnatdor bölişdi.
Tadbir davomida qaynona rolini mahorat bilan ijro etgan Gulsara Qutlimurodova hazil-huzullarga boy hikmatli pand-nasihatlar bilan kelinini quçoq oçib kutib oldi va öğli va xonadon osoyişta va sariştaligini unga işonib topşirdi.
Şundan söng, yangi kelinga iş buyurar marosimi ham ötkazilib, momolar tomonidan kelinning qadami şu xonadonga yoğday yoqsin, degan maʼnoda qöllari un va yoğga botirilib, uy yumuşlari topşirildi. Yangi kelin tomonidan tadbir mehmonlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi ayollarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş namunali tumanlararo Amudaryo tuman markazi direktori Gavhar Çimboyçiyeva hamda Farovon mahallasi böyiça hokim yordamçisi Muqaddas Beknazarovalar uçun çoy beriş marosimi ötkazildi. Mehmonlar kelinning xuş muomamalasi va taʼzimidan mamnun böldilar.
Uşbu marosimdan söng Safargul ona Doşanova yoşlarga “tuşovkesdi” marosimini amalda körsatib berdi. “Tuşovkesdi” marosimida bir yaşar qizaloq Sevinçoy Ismoilovaning oyoqlaridagi ip kesilib, jajji qizaloq yurib ketdi. Bu – bolajonlarning ravon, erkin qadam taşlaşlari yölidagi tösiqni olib taşlaş, barkamollik sari intilişlarini qöllab-quvvatlaş maʼnosini anglatgani, yoşlar qalbida milliy-madaniy urf-odat, anʼana va maʼnaviy qadriyatlarga mehr-muhabbat tuyğularini yanada mustahkamlagani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.
Tadbir davomida beşik quçgan ona sahnasi va köngillarga ajib halovat baxş etuvçi allalar yangrab, barçaga xuşnudlik bağişladi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶