MEHNATI ELGA MANZUR BÖLAYoTGAN AYoL
Mamlakatimizda xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş, ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xotin-qizlarning farzand tarbiyasida, turli sohalarda, mahallalar tinç-osoyiştaligini saqlaşda, özaro mehr-oqibat, yaxşi qöşniçilik munosabatlarini mustahkamlaşdagi xizmatlari eʼtiroflarga loyiqdir. Xotin-qizlarga ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, huquqiy kömak beriş, ularni har jihatdan qöllab-quvvatlaş mamlakatimizning taraqqiyot strategiyasida eng muhim yönalişlardan biri sifatida belgilangan. Uning ijrosi tizimli tarzda, har bir mahalla kesimida amalga oşirilmoqda.
Ayniqsa, 2020-yildan boşlab, “Ayollar daftari” tizimi yölga qöyilib, daftarga röyxatga olingan ayollar bilan alohida iş olib borilib, ularga manzilli kömak berilayotganligi işsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bölgan xotin-qizlar turmuşini yaxşilaşga xizmat qilayotir.
Matluba Töliyeva Beruniy nomli mahallaga, katta xonadonga kelib bölib tuşdi. Turmuş örtoği mavsumiy işlarda işlab, rözğor yukini bir özi tortib yurgan edi. Oilada ikki farzand dunyoga kelgaç, taşvişlari ham köpaydi. Şu bois, Matluba ham işlab, daromad topişga, turmuş örtoğiga kömakdoş bölişga intildi. 1-bosqiç “Ayollar daftari”ga kiritilgan Matluba bu borada mahalla xotin-qizlar faoli Mahfuza Ibrohimovaga maslahatga keldi. Mahalla fuqarolar yiğini masʼullari kengaşib, Matlubaning kasb-kori borligi, çevarligini inobatga olib, uning imtiyozli kredit olişiga va öz-özini band qilib, tikuvçilik faoliyatini yölga qöyişiga kömak berişdi.
Matluba Töliyeva davlatning yordamiga köz tikib ötirişni öziga ep körmay, jon-jahdi bilan işga kirişdi. Hademay, uning özgaça ixlos, mahorat bilan tikkan kiyimlari köpçilikning eʼtiborini torta boşladi, mijozlari köpaydi.
Odatda biz bozor rastalaridagi tayyor kiyimlarni körganimizda, yo çevar qölidan tayyor bölgan buyurtmamizni olayotganimizda uning şu holga kelişi uçun qança mehnat, vaqt va sabr-toqat sarflanganini öylab ham körmaymiz, tikuvçilikni şunçaki oddiygina kasb deb öylaymiz. Biroq çevarning işini bir zum kuzatib tursangiz, bu kasbning igna bilan quduq qazişdek maşaqqatli ekanligini anglaysiz.
Ha, kasbning yaxşi-yomoni bölmaganidek, osoni ham yöq. Ammo tikuvçining kasbiga ixlosi uning tikkan har bir çokida aks etib turadi. Mehnati mahsuli – tikkan kiyimlari mijozlariga manzur bölganida köngli toğday yuksaladi.
Matluba Töliyeva işini qunt bilan bajaradi, buyurtmaçining tana tuzilişiga mos fason tanlab, bor mahoratini buyurtmani xuşbiçim, çiroyli qilib bajarişga sarflaydi, soatlab tikuv maşinasiga egilib ötirib tayyorlagan kiyimi odamlarga manzur bölayotganidan quvonadi. U doimiy daromadga ega bölib, mehnatlari samarasidan “Ayollar daftari”dan çiqarildi.
Mohir tikuvçi, sabr-bardoşli, könglida ulkan-ulkan orzular bilan hormay-tolmay mehnat qilib, el olqişini olayotgan Matluba Töliyevaning işlariga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶