PIR-U BADAVLATLARIMIZ
Tumanimizda pir-u badavlat otaxon va onaxonlar bilan fayzga toʻla xonadonlar juda koʻp. Xolimbeg ovulida istiqomat qiluvchi 97 yashar onaxon Poshsha momo Rajabovaning mehr-muhabbati ardogʻida ulgʻaygan 4 oʻgʻil va 5 nafar qizlarining oilalari bugun fayz-u tarovatga toʻla. Keksa onaxonning duolarini olib, voyaga yetgan farzandlarning barchasi ibratli, el-yurtda eʼtiborli. Har biri Poshsha momo tuzgan katta xonadondan ildiz otib, oʻz obod qoʻrgʻonlarini, bogʻ-u boʻstonlarini yaratishgan. Umr boʻyi mashaqqatli mehnat qilgan, ikkinchi jahon urushi davri va urushdan keyingi tiklanish yillarining zalvorli yukini yelkalab, sabr-matonat bilan yaxshi kunlar orzusida yashagan momoning bugun tilidan shukrona tushmaydi:
– Xudoga ming-ming shukr, – deydi momo, – 9 nafar farzandim, 40 nafar nevaram, 100 nafar chevaram bor. Shularning quvonchini koʻrib yashayapman. Prezidentimizga katta rahmat! Biz keksalarni tabarruk qilib eʼzozlayaptilar. Bundayin baxtli zamonni men umrim davomida koʻrmaganman.
Suratda: Poshsha momo Rajabova chevaralari Shahriyor, Dilnoza va Guli bilan.
M.Shomurodov olgan surat.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶