ShIFOKORLAR HARBIY XIZMATChILAR BILAN UChRAShDI
Mamlakatimiz davlat chegaralarini qoʻriqlashdek sharafli vazifani ado etayotgan tumanimiz hududidagi harbiy qism zobitlari, ularning oila aʼzolari hamda chegara qismlari askarlarining fasllar almashishi bilan sodir boʻlishi mumkin boʻlgan turli yuqumli kasalliklar, xususan, gripp va virusli gepatitga chalinishining oldini olish, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuz berganda himoyalanish choralarini koʻrish borasida tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari bilan tez-tez davra suhbatlari, amaliy mashgʻulotlar oʻtkazib turiladi. Ana shunday davra suhbatlaridan biri tumanimizdagi 9202 "K” harbiy qism harbiy xizmatchilari bilan ham oʻtkazildi.
Davra suhbatida tuman tibbiyot birlashmasi shifokori G.Hayitboyeva oʻta yuqumli va surunkali kasalliklardan himoyalanish, shuningdek favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganda, tok urganda, suvga choʻkkanda, kuchli qon ketganda hamda zaharlanganda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish yuzasidan zarur tavsiyalar berdi. Harbiy xizmatchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va barcha savollariga qoniqarli javoblar olishdi.
Ye.Alyaminov, 9202 "K” harbiy qism serjanti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶