Şoşilinç tibbiy yordam xizmati takomillaştirilmoqda
Inson – hayot gultoji. U hayot böstoni aro qadam qöygan kunidan boşlab, uning bağriga intiladi. Bu böston içra özgartişlar, yangiliklar olib kiradi. Qiziqişlari, kasb-u kori bilan özgalar eʼtiborini qozonadi. Bundaylarni biz yaxşi inson, deymiz. Çunki atrofimizdagi ana şunday yaxşi insonlar bizga yaxşi xayollar suriş imkonini beradi. Yaxşi xayollar esa odamni yaşartiradi, hayotni sevişga, hayotga jöşqin nazar bilan qaraşga undaydi.
... Joni qil ustida turgan bola hayoti uçun uç-tört soatlab zir yugurgan şifokorning xayolidan bu damlarda özi uçun aziz bölgan oila, bola-çaqa – hamma-hammasi kötarilgan. U jang maydonidagi askar kabi özini unutgan. Butun fikr-u yodi jarrohlik stolida jon talaşayotgan murğak vujudda. Bola yaşaşi kerak!
Jarrohlik xonasi eşigi oldida bemor bolaning ota-onasi, yaqinlari hayot bilan mamot oraliğidagi olov içra örtanadilar göyo. "Bolam omon qolsin-da...” degan qörquv butun xayolini band etgan ota-ona qarşisiga horğin jilmayib çiqib kelgan şifokorning bir oğiz şirin sözi ularning qalbini, vujudini yaşnatib yuboradi. Najotkor şifokor ular uçun dunyodagi eng yaxşi Odam!
Tuman tibbiyot birlaşmasi markaziy şifoxonasining barça bölimlarida bemorlar hayoti uçun masʼullik tuyğusi bilan muhnat qilayotgan malakali şifokorlar köp. Ayniqsa, şoşilinç tibbiy yordam bölimida eng malakali mutaxassislar jamlangan. Asosiy stavkada işlovçi 10 nafar mutaxassis şifokorlarning 6 nafari oliy toifali, 1 nafari birinçi, yana bir mutaxassis ikkinçi toifalidir. Örindoşlik asosida işlovçi 27 nafar şifokorning 16 nafari oliy toifali, uç kişi birinçi, bir nafar mutaxassis esa ikkinçi toifaga ega. Örta tibbiy xodimlar orasida ham oliy toifalilari ançagina. Bölimda 24 soat davomida uzluksiz iş joriy etilganidan şifokorlar har daqiqada masʼuliyatni çuqur his qilib işlaşadi.
Şu sababli Şoşilinç tibbiy yordam bölimida muolaja olayotgan bemorlar eʼtirofi, minnatdorçiligi çeksiz.
– Agar davlatimiz tomonidan biz şifokorlar uçun zarur şart-şaroitlar yaratib berilmaganida tez tibbiy yordam körsatiş masalasida ança qiynalib qolardik, – deydi bölim mudiri Soliy Yöldoşev, – Faqat 2010-yilning özida bölimga 17 xildagi tibbiy jihozlar keltirildi. Bundan taşqari, zamonaviy talablar darajasidagi UTT, endoskop, mobil rentgen va EKG jihozlarining keltirilişi, bemorlarga öz vaqtida va töğri taşhis qöyiş imkonini yaratdi. Soğlikni saqlaş tizimidagi islohotlar nafaqat soha xodimlari, balki xalqimiz hayotiga ham katta özgarişlar olib keldi. Namunali tibbiy xizmatning yölga qöyilişi xalqimizning mehnatga qobiliyatlilik darajasi oşişini, örtaça umr köriş davomiyligining uzayişini taʼminlamoqda. Biz şifokorlar esa muhtaram Prezidentimiz Ş.M.Mirziyoyev aytganlariday, xalqimiz bizdan rozi bölişi uçun har lahzada masʼullikni his etib, el-yurt salomatligi yölida fidoyilik bilan mehnat qilaveramiz.
Biz esa ana şunday ezgu niyatlar bilan yaşab, xalqimiz qalbida gözal orzular, yaxşi xayollar uyğotib va yaxşilik tomon har lahzada bir qadam qöyib mehnat qilayotgan şifokorlarga hamişa yaxşilar qatorida bölişdan aslo çarçamang, kasb bayramingiz muborak bölsin, deymiz.
Robiya YÖLDOŞEVA.
Suratda: Soliy Yöldoşev (çapdan ikkinçi) bölim xodimlari bilan

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶