Bayrogʻimiz - gʻururimiz (+Video)
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi tasdiqlangan sana munosabati bilan Amudaryo akademik litseyida "Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti tashabbusi bilan "Bayrogʻimiz - gʻururimiz” deb nomlangan maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirni litseyning huquqshunoslik fani oʻqituvchisi Shukurullo Abdullayev ochib berdi va ishtirokchilarga Davlat bayrogʻining oʻzida juda katta maʼno mujassam etganligini, yuksak did va mahorat bilan puxta ishlanganligini, barcha mamlakatlarning davlat ramzlari orasida hurmat va ehtiromga sazovorligini gapirib oʻtdi.
Tadbirda akademik litsey oʻqituvchilari va oʻquvchilari soʻzga chiqib, Davlatimiz bayrogʻi haqida faxr bilan soʻzladilar. Shuningdek, litsey oʻquvchilari bayroq toʻgʻrisidagi qonun, Konstitutsiyamizdagi moddalar va sheʼrlarni gʻurur va iftixor bilan aytib berdilar. Qiziqarli oʻtgan tadbir davomida oʻquvchilar Davlat bayrogʻi mazmun-mohiyatini yanada chuqurroq anglab yetdilar.
(Foto: http://turizm.kasaba.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶