EZGU IŞLARGA QODIR YoŞLARMIZ
Men ziyoli oilada tuğilganman. Esimni taniganimdan beri badiiy adabiyotga oşnoman. Aziz onajonim, 3-sonli Amudaryo akademik litseyi ingliz tili fani öqituvçisi Orzigul Ibragimova mening hayotdagi eng yaqin döstim, maslahatgöyim, aziz ustozim, desam mubolağa qilmagan bölaman. Sababi, aziz onajonim men hali öqiş-yozişni bilmasimdan avval adabiyotning sirli olamiga olib kirdilar. U kişining aytgan ertaklari dunyosida ulğaydim. Qölimdan iş keladigan bölganida qiz bola uçun eng muhim bölgan hunar – pazandalikni örgatdilar.
Tumanimizdagi maşhur "Tamara-Feruza” xususiy korxonasi rahbari, tikuvçi-modeler Tamara opa Yunusovaga şogirdlikka berganlarida hali kiçkina qizaloq edim. "Örganganing özingniki, tajribang oşsa - elniki”, - deydilar onajonim.
Baʼzan bitta çokning ustida soatlab işlagan, ustozimdan dakki eşitgan paytlarimda, garçi özim qiziqsam-da çevarlikni taşlab ketgim kelardi. "Sabr qil, qizim, sabr-qanoat ezgu işlarga qanot beradi”, - deya yana menga kuç bağişlardi onam.
Haqiqatan ham onajonimning, ustozlarimning taʼlim va tarbiyasi bois, dilimda qatʼiyat uyğondi, ezgulik tomon şaylandim göyo. 3-sonli akademik litseyning 2-bosqiçini tamomlab, taʼtilga çiqqanimda Toşkent şahridagi "Maşhura” firmasida dizayn yönalişi böyiça öqib, tajriba orttirdim. Bularning barçasi meni muvaffaqiyatlar sari yetakladi. 2009-yil noyabr va 2010-yil may oylarida Toşkent şahrida ötkazilgan "Qöli guldir özbek ayolin” körgazma-yarmarkasida özim tikkan liboslar dizaynlari bilan iştirok etib, sovrinli örinni egalladim. Şu yili "Döppi tikdim, ipaklari tillodan” körik-tanlovining avval tuman, söngra Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida faxrli 1-örin sohibi böldim.
Öz ustimda işlaş, yangilik yaratişga intiliş tuyğusi men uçun yangi muvaffaqiyatlar sari yöl oçdi. Özbekiston madaniyati va sanʼati forumi jamğarmasi, "Kamolot” YoIH markaziy Kengaşi, oliy va örta maxsus taʼlim Vazirliklari hamkorlikda ötkazgan "Kelajak ovozi - 2010” körik-tanlovida "Liboslar dizayni” yönalişi böyiça 1-örinni egalladim hamda uşbu yönaliş böyiça xalqaro miqyosda, Moskva şahrida bölib ötadigan körik-tanlovga yöllanma oldim.
Men Moskva şahrida bölib ötgan bellaşuvda "Mening dizaynim” yönalişi böyiça faxrli 3-örinni egalladim. Qoraqalpoq milliy kaştaçiligi, tumanimiz xalqining milliy öziga xosligini aks ettiruvçi kaştalar bilan bezatilib tikilgan liboslarim dizayni tanlov taşkilotçilari tomonidan yuqori baholandi. Uşbu nufuzli xalqaro tanlovda Özbekiston, Qoraqalpoğiston va mening ona elim Amudaryo tumani, Manğit şahri, hatto qadrdon akademik litseyim nomlari bir neça tillarda qayta-qayta jaranglab, ismu şarifim eʼtibor bilan tilga olindi. Men olib borgan çevarlik namunalari şarqona dizayndagi liboslar jahon xalqlariga köz-köz qilindi.
Öşa lahzalarda men Özbekiston farzandi ekanligimdan, şu qutluğ zaminga tomir otib, unib-ösayotganimdan faxrlandim. Va ana şu tuyğu meni yanada yangi orzular yöliga yetakladi. 2012-yilda Nizomiy nomidagi Toşkent Davlat Pedagogika Universitetining boşlanğiç taʼlim metodikasi fakultetiga davlat granti asosida öqişga kirdim.
" – Istiqbolga dadil boqib, ezgu işlarga şaylangan har bir öğil-qiz mening faxr-u iftixorim”, - degan edi Prezidentimiz I.A.Karimov. Biz yoşlarning istiqbolimiz, kela-jagimiz uçun mamlakatimizda buyuk imkon eşiklari hamişa oçiq ekan, har birimiz ezgu işlar, uluğvor kaşfiyotlar qilişga qodirmiz.
Zuhra YeRNAFASOVA,
Toşkent Davlat Pedagogika Universiteti

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶