Xolimbeglik fermer “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi
Prezidentimizning 2017-yil 7-dekabr kungi "Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida"gi farmoni bilan sohadagi koʻp yillik fidokorona mehnati, barcha qishloq xoʻjaligi ekinlaridan moʻl hosil yetishtirib, xalqimizning rizq-roʻzi va farovonligini, yurtimizning iqtisodiy qudratini va eksport salohiyatini yuksaltirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash ishlariga qoʻshgan salmoqli hissasi, agrar sektorda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish va davlat dasturlari ijrosini taʼminlash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, ilgʻor agrotexnologiyalarni amaliyotga joriy etish borasidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi.
Mukofotlanganlar orasida Amudaryo tuman Xolimbeg ovulida yashovchi yurtdoshimiz, «Usta Allayar» fermer xoʻjaligi boshligʻi Pajabbay Sultanov ham bor. U Prezident farmoniga koʻra “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi. Yurtdoshimizni Prezidentimiz va xalqimizning yuksak ishonchiga sazovor boʻlgani bilan tabriklab, el-yurtimiz dasturxoni toʻkinligi, xalqimiz farovonligi va iqtisodiyotimiz rivoji yoʻlidagi mashaqqatli ishlarida omad tilaymiz!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶