Tadbirkorlar diqqatiga: ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalaş şartlari yengillaştirilişi mumkin
Özbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalaş töğrisidagi nizomga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qarori loyihasi loyihasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portaliga joylaştirildi.
Loyihaga köra, ulgurji savdo faoliyatini amalga oşiriş uçun litsenziya talablaridan biri – amaldagi eng kam oylik iş haqining kamida 3500 baravari (hozirgi kunda 602 million 840 ming söm) miqdorida, ulardan eng kam oylik iş haqining kamida 1200 baravari (206 million 688 ming söm) miqdorida pul mablağlari bilan şakllantirilgan ustav fondining mavjud bölişi şarti tadbirkorlar foydasiga yengillaştirilmoqda.
Agar mazkur hujjat maʼqullanib, kuçga kirsa, uşbu şartni bajariş uçun eng kam oylik iş haqining kamida 1000 baravari (172 million 240 ming söm) miqdorida, ulardan eng kam oylik iş haqining kamida 100 baravari (17 million 224 ming söm) miqdorida pul mablağlari bilan şakllantirilgan ustav fondining mavjud bölişi kifoya qiladi.
Qaror loyihasidagi yana bir özgariş – yuqorida körsatilgan miqdorda şakllantirilgan ustav fondining mavjud bölişi hamda majburiy tartibda sertifikatlanişi kerak bölgan tovarlar sotilgan taqdirda muvofiqlik sertifikatlari yoki mahsulot işlab çiqaruvçi korxonalarda sertifikatlanganligi töğrisidagi maʼlumotlar yoxud ularning nusxalari mavjud bölişi haqidagi talab qişloq xöjaligi mahsulotlarini eksport qiluvçi korxonalarga nisbatan tatbiq qilinmaydi.
Şuningdek, litsenziya olişda yuridik şaxs davlat röyxatidan ötganligi haqidagi guvohnomani taqdim etiş töğrisidagi talab ham bekor qilinadi.
Loyiha özgartirilişi, töldirilişi yoki rad etilişi mumkin.
Ayni paytda uşbu hujjatning muhokamasi yakunlangan.
Ğ.Yeşniyozov tayyorladi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶