Endi fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi: Prezident farmoni bilan Davlat xizmatlari markazlari tashkil qilindi (+Video)
2017-yil 12-dekabr kuni Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmon davlat xizmatlarining sifati, tezkorligi, shaffofligi va foydalanish imkonini tubdan oshirish boʻyicha kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ulugʻvor gʻoyani soʻzsiz amalga oshiruvchi asosiy gʻoyalarni belgilab berdi.
Xususan, mazkur sohadagi davlat siyosatini amalga oshirishga masʼuliyat yuklangan alohida davlat organi – Davlat xizmatlari agentligi hududiy boʻlinmalari bilan tashkil etildi.
Davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida, shu jumladan sogʻliqni saqlash, litsenziyalash, soliq, bojxona va boshqa sohalarda jadal sifat jihatidan yaxshilashning muhim mexanizmlari, shuningdek, davlat xizmatlari boʻyicha mobil ilovalarni ishlab chiqish, xizmatlarni olis joylarga chiqqan holda koʻrsatish, aholi bilan tezkor aloqalar, rasmiy veb-saytlardagi internet-botlar, ijtimoiy tarmoqlar yordamida qayta aloqaning samarali tizimini tashkil etishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Farmon matni bilan quyidagi manzilda toʻliq tanishishingiz mumkin.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶