Doing business: Biznes uchun qulay muhit yaratish boʻyicha Oʻzbekiston nechanchi oʻrinlarda?
“Doing Business” global reytingi har yili dunyoning 190 ta davlati oʻrtasida biznes uchun qanday muhit yaratilganini tahlil qilib, reyting tuzadi.
2017-yil iyun oyi holatiga koʻra reytingda Oʻzbekiston eng yaxshi natijani “Biznesni roʻyxatdan oʻtkazish” koʻrsatkichi boʻyicha qayd qilgan – dunyoda 11-oʻrin.
Shuningdek, mamlakatimiz biznes yuritishning osonligi boʻyicha 74-oʻrinda, qurilishga ruxsat berish boʻyicha 135-oʻrinda, elektr taʼminoti tizimiga ulanish koʻrsatkichi boʻyicha 27-oʻrinda, mulkni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha 73-oʻrinda, kredit ajratish boʻyicha 55-oʻrinda, kichik investorlarni himoya qilish boʻyicha 62-oʻrinda, soliqqa tortish boʻyicha 78-oʻrinda, xalqaro savdo boʻyicha 168-oʻrinda, shartnomalar bajarilishini taʼminlash boʻyicha 39-oʻrinda, toʻlovga layoqatsizlikka ruxsat berish boʻyicha 87-oʻrinda joylashgan.
Mamlakatimizda valyuta liberalizatsiyasi boʻyicha amalga oshirilgan islohotlar, tadbirkorlikka keng yoʻl ochish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar natijasida ushbu reytingning qator koʻrsatkichlari boʻyicha Oʻzbekistonning oʻrni yanada yaxshilanishi kutilmoqda.
Gʻ.Yeshniyozov tayyorladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶