111 nafar yurtdoshlarimizda yangi yil sovgʻalari topshirildi (+video)
Yurtimizda kam taʼminlangan oilalar, oʻzgalar koʻmagiga muhtoj fuqarolar, chin yetim va nogironlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlab, ularga munosib turmush sharoiti yaratib berishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yangi yil bayrami arafasida tumanimizning ovul va mahallalarida yashovchi yakka-yolgʻiz fuqarolar holidan xabar olish, ularni bayram bilan tabriklab, sovgʻalar topshirish esa doimiy anʼanaga aylangan.
Shu munosabat bilan tuman hokimligida oʻtkazilgan yigʻilishda tumanimizning 47 ta ovul va mahallalarida yashovchi 111 nafar yurtdoshlarimizda yangi yil sovgʻalari topshirildi. Kir yuvish mashinasi, mikrotoʻlqinli pech, kundalik ehtiyoj jihozlari va oshxona buyumlaridan iborat qimmatbaho sovgʻalar ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarining tavsiyalariga asosan hududdagi kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalarga berildi. Bu kabi ragʻbat va eʼtibordan ruhlangan yurtdoshlarimiz davlat darajasida qaratilayotgan eʼtibor, izzat-ikrom uchun cheksiz minnatdorchiligini izhor etishdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶