Endi "yoshiga toʻlmagan" avtomobilni ham sotish mumkin
Yangi yilning 1-yanvaridan boshlab Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan va import qilingan, foydalanish muddati ishlab chiqaruvchining rasmiy dilerlaridan xarid qilingan kundan boshlab bir yildan oshmagan yengil avtotransport vositalari boʻyicha tegishli shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun bojni har bir ot kuchi uchun eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida undirish boʻyicha talab bekor qilindi.
Bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi «Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida»gi qarori bilan tasdiqlangan, deb yozadi “Xabar” sayti.
Bunga qadar notariuslar tomonidan mahalliy ishlab chiqarilgan va import qilingan, foydalanish muddati ishlab chiqaruvchi rasmiy dilerlaridan xarid qilingan kundan boshlab 1-yildan oshmagan yengil avtotransport vositalaridan foydalanish huquqini yoki oldi-sotdi shartnomasini almashtirish, hadya qilish, renta, ijaraga olish, begʻaraz foydalanish, garovga qoʻyish yoki lizingi boʻyicha tegishli shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun boj har bir ot kuchi uchun eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida undirilar edi. Shu bilan birga, koʻrsatilgan stavka avtomobillar bilan bir yil davomida qancha shartnoma imzolanganiga qaramay qoʻllanilgan.
Xarid qilingan kundan boshlab uch yildan oshmagan avtomototransport vositalarining olti-sotdi, almashtirish, hadya qilish boʻyicha shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun amaldagi boj eng kam ish haqining 10 foizini, xorijda ishlab chiqarilgan avtotransport uchun eng kam ish haqining 30 foizini, avtomobillardan ota-ona, turmush oʻrtogʻi va uning ota-onasi, aka-ukalar, opa-singillar, nabiralar hamda qarindoshlar tomonidan foydalanish huquqini tasdiqlaganlik uchun eng kam ish haqining 1 barobari, boshqa shaxslar tomonidan foydalanish huquqi eng kam ish haqining 5 barobari, boshqa shaxslar boshqaruvi huquqiga berish eng kam ish haqining 10 barobarini tashkil etadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶