Xonadon fayzi
Umrning oydin manzili
Tong. Hayotning eng sokin lahzalari. Zulmat bağrini yoritib, ona Zaminga marmar tusini berib, asta-sekin yorişayotgan tongning kumuşrang nurlari ziç yopilgan xonadon derazalaridan oqib kiradi. Bu manzaradan köngli toğdek yuksalgan xonadon sohibi Yaratganning bu oliy mukofotiga peşvoz darvozani lang oçib yubordi. Hovliga ona tuproq va şu zaminda ungan turli giyohlar, boğlar ifori oqib kirdi. Unda ajib tarovat bor, qudratli sinoat hokim. Bu – hayot nafasi, umrning oydin manzili.
Tong nafasidan köksi toğday yuksalgan xonadon sohibi yaqin örtadagi masjid muazzinining kişi ruhiyatiga orom beruvçi ibodatga, hidoyatga çorlovçi ovoziga monand sajdaga boş qöydi. Yaratganga hamdlar bilan duoga qöl oçdi.
- Iloho omin, yurtimiz tinç, xonadonlarimiz obod, oilamiz mustahkam, naslimiz bardavom bölsin. Köngillarni xotirjamlik, ruhi-tanimizni soğlik tark etmasin. Davlatimizni Allohning özi ziyoda qilsin!
Tonggi namoz ibodatini ado etgan xonadon sohibi – keksa otaxon köngli xotirjam, hovliga, atrofga körk bağişlab turgan dov-daraxtlarga, tobora yorqin manzara kasb etayotgan umrining oydin manzili – yangi kuniga şukronalar aytdi:
- Özingga şukur, barça ezgu neʼmatlaringga şukur!
Xonadon tarovati
Derazadan oqib kirgan tongning kumuş nurlari harir darpardalarning nafis gullarini ohista silagaç, beşikka bağrini berib, bir muddat közi ilingan kelinçak oğuşidagi gödakni uyğotdi, göyo. Çaqaloq ingasidan olam yanada yorişganday, tong nurlari uyni töldirib yubordi. Kelinçak alla aytdi:
Bolam ösib polvon bölar-a,
Sözi elga alvon bölar-a.
Elim, degan arslonim, alla,
Uxla qözim, darmonim, alla.
Allaning sehrimi, onaning nihoyatda yoqimli ovozimi gullar, giyohlar, boğlar, pişiqçilik fasliga kirgan huv poliz, momo Yer iforimi – uy va hovlini ajib tarovat quçdi. Bolasini allalab uxlatgan kelinçak çor-atrofni supirib-sidirdi, suv sepdi. Uşbu dam xonadon hovlisi yanada xuş manzara kasb etdi: tong iforini simirib, latif bir gözallikka çulğangan hovli öğil-qizlar, nevaralarning baxtiyor ovozlariga belandi.
Öz zimmalaridagi tonggi yumuşlarini ado etgan farzandlar birin-ketin baland işkomlar ostidagi supaga, nonuştaga jam bölişdi. Dasturxon törida, farzandlarining odob-ikromidan köngli toğday ösib ötirgan xonadon sohiblari – keksa ota-ona duoga qöl oçib, dasturxondagi neʼmatlardan totingaç, farzandlar, nevara va çevaralar hozirgina xonadon bekalari yopgan issiq patirni qaymoqqa botirib-botirib tanovul qildilar. Bunda jamul jam bölgan butun oila – keksa ota-ona, öğil-qizlar, nevaralar, nevaralarning beşikdagi bolalari – biri-biridan ungan tört avlod hokim xonadonda men ajib bir fayziyob onni kaşf etdim: bu – faqat va faqat özbek oilalariga xos bölgan gözal qadriyat – ahillik, özaro tuğişganlik mehri!
Şu bois, bu xonadonning havosi, tongi, kunduzlari özgaça – tarovatli! Bu xonadonda Oila degan buyuk saltanatning umri boqiy qonun-qoidalari özgaça – ular odamiylik, mehr, insof, iymon va diyonat nurlari ila çulğangan!
Ana qarang, oilada eng avvalo hurmat va eʼtibor – xonadon fariştalari – keksa ota-onalarga, keksalardan keyin oilaning katta yoşdagi farzandlariga munosib. Farzandlar nevarali, nevaralar farzandli bölib, bir daraxtday ildiz otişgan. Oilada qaynotalar ahil, qaynonalar oqibatli, kelinlar, nevara-çevaralar mehribon, inoq! Bunday tarovat, bunday faroğat faqat va faqat özbek oilasi içra mujassam!
Köngillar töq, turmuş farovon
Keksalar duosini olib, dalasiga otlangan fermer öğilning, mahallaning qöli gul ayollarini atrofiga jamlab, tikuvçilik, qandolatçilik, nonvoylik yönalişlarida firma oçgan tadbirkor kelin, biri quruvçi-muhandis, biri şifokor, öqituvçi va usta-hunarmand nevara-çevaralarning iş kunlari hamişa barakali, fayzli: Ana şu fayz-baraka katta xonadonning ahil hayotiga, turmuş tarziga köçgan. Farzandlar, nevara-çevaralar uçun qurilgan qöşa-qöşa imoratlar, havaslarga munosib obodon turmuş, biri-biridan huzurbaxş umrning oydin manzillarida hokim bu fayziyob lahzalar. Ana şudir köngilning töqligi, turmuşning obodligi! Axir fermer öğilning ğallasidan ham davlatning, ham xonadonning ombori töldi: dasturxondagi non-u noz-neʼmatlar, qurgan imoratlari xonadonning öz mulki! Davlatmandlik bundan ziyoda bölarmi!
Tongini, mehnatga yor ötgan umrning bir kunini xotirjam, osoyişta ötkazgan bu katta xonadonning har bir aʼzosi ona zaminga oqşom çökayotgan lahzalarda yana jam bölişadi. Tongda xonadonning pir-u badavlat keksalari duosini olib dalaga, firmaga, maktab va şifoxonaga öz xizmat vazifasini ado etiş uçun otlangan farzandlar çehrasi gulgun. Ular yana katta Oilaning uluğ sohiblari oldidagi farzandlik burçini ado etiş uçun, özlari ekib, östirgan buğdoy unidan yopilgan börsildoq nonlar taʼmidan, kelinlar pişirgan şirin taomlar totidan, eng muhimi, bir-birlarining mehridan, diydoridan bahramand bölmoq uçun işkomlar ostidagi sölim supada jam böladilar. Bu – katta oiladagi azaliy qadriyat, bobomeros odat, heç bir millatda yöq udum! Rözğorlari allaqaçon alohida bögan farzandlar tongda va şomda katta oilaning keksa sohiblari – ota-ona poyida tiz çökadilar. Bunday hurmat va ehtirom faqat va faqat bizning Özbek oilalariga xos, özbek millatiga munosib!
Oqşomgi dasturxonga fotiha öqilib, xonadon sohibi duoga qöl oçadi:
- Yurtimiz tinç, turmuşimiz obod, elimiz farovon, tunlaringiz osoyişta, tonglaringiz xayrli bölsin. Alloh rizq-u nasibangizni ziyoda qilib, dasturxoningizda öz noningiz, öz noz-neʼmatlaringiz serob, el içra öz nomingiz hamişa uluğ bölsin, bolalarim!
Farzandlar xotirjam, nevara-çevaralar oromda, kelinlar beşiklarini şod quçib, alla kuylaşadi:
Ulkan uyning ildizi, bolam,
Elning erta, kunduzi, bolam.
Sözi uluğ karvon böl, alla,
Öz elingga posbon böl, alla...
Keksalarning duolari ijobat, deydilar. Ana şu duolar ila Oila obod, turmuş farovon, köngillar töq. Ana şu duolar qanotida tong ila Oila ostonasidan hatlab, qadam qöyganimiz – ona Vatan tuproği aziz, muqaddas. Hayot taşvişlaridan, iş va mehnatdan toliqib, oqşom payti "bismilloh” kalomi ila Oila ostonasidan hatlab, ota-onamiz bağriga oşiqib turişlarimizda gözal bir hikmat mujassam. Bu – ona Vatan - bizga har lahzada orom, baxt, köngillarimizga xotirjamlik ato etguvçi Oila – Oila saodati! Uşbu saodatli Vatan bor bölsin! Uning ostonasidan boşlanguvçi közlarga tutiyo tuproq – ona Vatanning, Istiqlolning umri boqiy bölsin!
Men törtta avlodning ahilligidan hayoti farovon, turmuşi obod, umr manzillari oydin Özbek Oilasining bir kuniga dildagi çeksiz havaslarimni Sizlar ila baham kördim. Ilohim, atrofimizda ana şunday fayzga töla Oilalar köp bölsin! Ana şudir Vatanning buyuk kelajagi, Istiqlolning ufqi yorqin oydin yöllari!
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶