12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 19:44
Jamiyat 👁 5,984

TABIAT – ONAMIZ

TABIAT – ONAMIZ

Atrof-muhitni muhofaza qiliş mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga kötarilgan eng dolzarb masala hisoblanadi. Şu bois, mustaqillikning ilk yillaridanoq "Suv va suvdan foydalaniş töğrisida”gi, "Havo atmosferasini muhofaza qiliş töğrisida”, "Çiqindilar töğrisida”, "Alohida muhofaza qilinadigan hududlar töğrisida”gi bir qator huquqiy hujjatlar qabul qilinib, hayotga joriy etildi. Uşbu qonun hujjatlariga muvofiq tabiatni muhofaza qiliş borasidagi işlarni hayotga tatbiq etiş maqsadida millionlab söm mablağlar ajratildi. Birgina 2013-2017-yillarda Özbekiston Respublikasida atrof-muhitni muhofaza qiliş böyiça Dastur doirasida amalga oşiriladigan tadbirlar uçun 89 milliard sömlik mablağ sarflanişi közda tutilgan. Özbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-maydagi 142-sonli qaroriga muvofiq Qoraqalpoğiston Respublikasi miqyosida tabiat va atrof-muhit muhofazasi uçun 69,68 million AQŞ dollari, 7134,7 million sömlik mablağlar ajratilişi közda tutilgan. Bu – bizni qurşab turgan nabotat olamini köz qoraçiğidek asraş, obodonlaştiriş, kökalamzor hududlarni yanada kengaytiriş, yangiliklar bilan boyitiş degani. Zero, tabiat – onamiz, undagi barça neʼmatlar esa boyligimiz. Bu boylikni asrab-avaylaşga şu zaminda yaşab, şu havodan nafas olayotgan har bir inson masʼul.

Tuman tabiatni muhofaza qiliş bölimi tomonidan joriy yilning  olti oyi davomida fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qiliş borasida tuman prokuraturasi va tuman DSENM xodimlari bilan hamkorlikda reydlar ötkazildi. Reyd natijasiga köra qonunbuzarliklarga yöl qöygan tegişli idoralar va şaxslarga maʼmuriy çoralar körilib, aniqlangan qonun buzilişlari yuzasidan 47 şaxsga 3740730 söm jarima solindi va töliği bilan undirib olindi. Şu bilan bir qatorda 7 nafar fuqaroning ariza va şikoyatlari örganib çiqilib, ularga öz vaqtida javoblar qaytarilib, qanoatlantirildi. Lekin şunga qaramasdan fuqarolar tarafidan tabiatga ziyon yetkaziş holatlari hamon uçrab kelmoqda. Misol tariqasida aytadigan bölsak, Qipçoq va Jumurtov şaharçasida daryoning muhofaza hududiga özboşimçalik bilan baliqxona qurib, daryo suvini ifloslaganligi uçun fuqarolar A.U.Allamov, O.U.Allamov, N.A.Örozboyeva, U.T. Örinboyev, X.Kamolov, K.K Atajanov va boşqalar, jami 11 nafar şaxsga 715500 söm, yer resurslaridan notöğri foydalanganligi uçun 2 nafar şaxsga 159000 söm, atmosfera havosini muhofaza qiliş qonun talablarini buzganligi uçun 11 nafar fuqaroga jarima solinib, undirib olindi.

Fuqarolar tarafidan sodir etilayotgan qonunbuzarliklar şuni körsatadiki, hali aholi örtasida olib borilayotgan tarğibot-taşviqot işlari yetarli darajada emas. Qonunbuzarliklarning oldini oliş va uning salbiy oqibatlari töğrisida aholiga tuşuntirişlar beriş, "Tabiatni muhofaza qiliş töğrisida”gi qonun hujjatlari yuzasidan tarğibot-taşviqot işlarini olib boriş, ularning ekologik madaniyatini oşirmoğimiz kerak. Bugungi kunda ekologik taʼlim-tarbiya işlarini boğça va maktablardan boşlab olib borilayotganligi davlatimiz tomonidan atrof-muhit muhofazasiga qaratilayotgan katta eʼtibordir. Şu bois, tuman tabiatni muhofaza qiliş bölimi nozirlari tomonidan yil davomida öz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni yanada çuqurroq örganib, qonun buzilişlarining oldini oliş maqsadida qator tadbirlar amalga oşirib kelinmoqda. Xususan, "Toza havo - dardga davo”, "Tabiat - onamiz”, "Atrof-muhit tozaligi – soğlom hayot mezoni” mavzularidagi aholi örtasida olib borilayotgan suhbatlar munozaralarga, taklif, talab va istaklarga boyligi bilan ajralib turadi. Aholidan tuşayotgan har bitta ariza, talab va takliflar, ötkazilayotgan suhbatlardan kelib çiqadigan xulosalar şuni körsatadiki, aholining ekologik madaniyatini oşirmay turib, bu boradagi muammolarni yeçiş aslo mumkin emas. Şuni inobatga olgan holda Qoraqalpoğiston Respublikasi tabiatni muhofaza qiliş qömitasi tuman bölimi nozirlari OFY va MFYlarda, kollej va litsey hamda maktablarda tez-tez uçraşuvlar ötkazib, tuman DSENM xodimlari, "Kamolot” YoIH tuman bölimi, joylardagi profilaktika nozirlari bilan hamkorlikda iş olib borayotganliklari bois, köplab köngilsiz holatlarga barham berildi. Qoraqalpoğiston Respublikasi "Qişloqxöjalikkimyo” hissadorlik jamiyatining tuman filialiga qaraşli 18 ta şoxobça mudirlariga nisbatan atrof-muhitga loqayd munosabatda bölganliklari uçun Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 89-moddasi, 1-qismi bilan maʼmuriy iş qözğatilib, jarima jazosi qöllanildi. Bundan taşqari, "Ellikqalʼa neft bazasi” unitar korxonasining Qoratov filialiga qaraşli 17 ta şoxobça mudirlari ham tabiatga yetkazgan ziyonlari uçun maʼmuriy jazo olişdi.

Bunday misollarni köplab keltirişimiz mumkin. Xususan, tumanimizning Oybek nomli, Döstlik, Olmazor, Çordara, Durunki, "Boy ovul”, Beruniy nomli, Gulzor, Böston, Yangi obod, Daryo böyi MFYlari raislari ham öz hududlarida tabiatni muhofaza qiliş bilan boğliq qonun hujjatlarini buzganliklari uçun maʼmuriy javobgarlikka tortildilar.

Azizlar, tabiat – onamiz. U bizni özining sölim bağridagi noz-neʼmatlari ila siylaydi: u tufayli qornimiz töq, egnimiz but, könglimiz xotirjam, hatto tan-jonimiz soğ. Uning musaffo havosidan dilimiz çoğ, oyoğimiz ostidagi har zarra tuproğidan tortib, har bitta yaproği-yu bir tomçi suvigaça tanimizga darmon, yuragimizga quvvat. Ana şu oliy neʼmat bilan hayotimiz gözal, farovon. Bu gözallikni asraş, farovonlikni boyitiş esa bizning – ona tabiatning buyuk xilqati – odamzodning işi, muqaddas burçi. Buni unutişga aslo haqqimiz yöq.

Muzaffar ABDURAIMOV, tuman tabiatni muhofza qiliş bölimi boşliği.

Jumamurod DÖSIMBETOV, tuman tabiatni muhofaza qiliş bölimi boşliği muovini.

Şuhrat BOLTABOYeV, suv resurslarini muhofaza qiliş böyiça nozir.

(Foto - http://uznature.uz)

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026