Qonlikoʻl tumanida «Vatan himoyachilari kuni»ga bagʻishlangan targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi
Qonlikoʻl tumani 19-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida, 14-yanvar «Vatan himoyachilari kuni» Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kushlarining qabul etilganligining 26 yilligiga bagʻishlangan targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan keyin birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov koʻrsatgan printsipial pozitsiyasi, siyosiy ishchangligi tufayli, milliy armiyamizga asos solinib, 1992-yil 14-yanvar kuni yurtimizda joylashgan barcha harbiy strukturalar Oʻzbekiston Respublikasining huquqiy tasarrufiga oʻtkazilib 26-yildan buyon tarixiy kun sifatida belgilanib kelinmoqda.
Bugungi kunda milliy armiyamiz yurtimizning mustaqilligi, xududlarning xavfsizligi, chegeralarimizning qoʻl qatilmasligi, xalqimizning tinch va asoyishta turmushining ishonchli muhofozasi, ming-minglagan farzandlarimiz uchun chin maʼnodagi mardlik, fidoyilik, vatanfarvarlik maktabiga aylanib, ushbu sohadagi erishgan eng katta yutuqlarimiz hisoblanadi. Bu haqiyqatni yurtimizdagi barcha ota-onalar, xalqimiz sharaf bilan minnatdorchilik ila tan olib, onalar oʻz farzandlarini «Mening ugʻlim – haqiqiy Vatan himoyachisi boʻladi» degan katta ishonch va sharaf toʻygʻusi bilan Vatan himoyachilari safiga harbiy xizmatga kuzatishmoqda.
Tadbirda, Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar ijodiy uyushmasining rahbari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Muhofaza ishlari boʻyicha jamaotchilik kengashi aʼzosi S.Hakimov, Oʻzbekiston Jahon tillari universiteti dotsenti R.Moʻytov, «Yerkin Qaraqalpaqstan» - «Vesti Qarakalpaqstana» gazetalarining bosh muharriri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Muhofaza ishlari boʻyicha jamaotchilik kengashi aʼzosi K.Reymov, Qoraqalpogʻiston Respublikasiga xizmat koʻrsatkan artistlari S.Uzaqbayev, J.Bekbergenovalar ishtirok etdi.
Tadbir davomida respublikamizga taniqli sanʼat ustalari bilan tuman maʼdaniyat sohasi xodimlarining kontserti taqdim etildi.
(Foto - OʻzA)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶