Xorijga ishlash uchun chiqib ketish istagida boʻlgan yoshlar diqqatiga
Aziz yoshlar!
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqidan Sizlar uchun yana bir yangilik! Endi Siz Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Amudaryo tuman Kengashi joylashgan binoda, yaʼni Mangʻit iqtisodiyot kolleji binosida Horijga ishlash uchun chiqib ketish istagida boʻlgan yoshlar uchun xorijiy davlatlarning mehnat qonunchiligi va til oʻrgatish boʻyicha bepul toʻgaraklar faoliyati tashkil qilindi. Tuman Kengashi qoshida Pus tili, Ingliz tili, Maʼnaviy maʼrifiy va diniy taʼlim, Huquqshunoslik, Mehnat migratsiyasi toʻgaraklarida tajribali oʻqituvchi va mutaxassislar taʼlim beradi.
Tugaraklar 3 oy davomida 72 soatlik oʻqish tashkil qilinib, oʻqish yakuni boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan sertifikat taqdim qilinadi.
Toʻgaraklar Maʼnaviy-marifiy diniy taʼlim toʻgaragi dushanba, payshanba 09:00dan -10:30 gacha, Mehnat migratsiyasi toʻgaragi dushanba, payshanba 11:00dan -12:30 gacha, huquqshunoslik toʻgaragi seshanba, juma kunlari 14:00dan -15:30 gacha, Pus tili toʻgaragi Chorshanba, Juma kunlari 09:00 dan -10:30 gacha, Ingliz tili toʻgaragi Juma 11:00-12:30 gacha, Shanba 09:00-10:30 gacha boʻlgan vaqtda tashkil qilinadi.
Manzil: Amudaryo tuman Mangʻit shahri, Olmazar mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Amudaryo tuman Kengashi (Mangʻit iqtisodiyot kolleji) binosida, telefon 515-36-40

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶