28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 15:24
Iqtisodiyot 👁 1,901

Firibgarlar tuzogʻiga ilinib qolmaslik uchun nima qilish kerak?

Firibgarlar tuzogʻiga ilinib qolmaslik uchun nima qilish kerak?

Firibgarlar nayrangiga aldanib qolmay desangiz, Xorazm viloyati prokuraturasining quyidagi tavsiyalariga amal qiling!

Uy-joy va boshqa koʻchmas mulklarni, avtomashinalarni firibgarlarga uchramasdan, qonuniy tartibda oldi-sotdi qilmoqchimisiz?

- koʻchmas mulk va avtomashinalarni tegishli notarial idoralar orqali tegishli tartibda shartnoma tuzish orqali oldi-sotdi qiling;
- agarda ushbu mulklarning pulini keyinchalik maʼlum bir muddatda boʻlib-boʻlib berish boʻyicha kelishgan boʻlsangiz, oldi-sotdining ushbu jihati haqida notarial shartnomada alohida qayd etishni talab qiling;
- oldi-sotdi jarayonini boshqa xolis shaxslarning guvohligida amalga oshirib, pullarni faqat tegishli shartnomalar imzolanganidan keyingina sotuvchiga bering;
- qurilishi tugallangan binolar va ular joylashgan yer uchastkalarini sotish va sotib olishda oldi-sotdi shartnomasiga imzo chekishga va pulni berishga shoshilmang, hujjatlarni diqqat bilan oʻrganib chiqing (tuman yoki shahar hokimi tomonidan qurilishi tugallanmagan bino va u joylashgan yer uchastkalarini sotishga ruxsat berilganligi haqidagi qaror mavjudligiga alohida eʼtibor qarating)
- koʻchmas mulk va avtomashinalarni sotib olishdan oldin kadastr xizmati va viloyat IIB YHXBdan ushbu mulklarga taqiq bor-yoʻqligiga aniqlik kiriting; 
- oʻzga shaxsning nomida boʻlgan yoki tegishli hujjatlarga ega boʻlmagan mol-mulklarni sotib olmang;

Oʻquv muassasalariga oʻqishga yoki korxona, muassasa, tashkilotlarga ishga kirishda firibgarlarga uchramasdan, qonuniy tartibda oʻz maqsadingizni amalga oshirmoqchimisiz?

- oʻqishga yoki ishga kirish boʻyicha maslahatlarni, shuningdek, zaruriy hujjatlar haqidagi maʼlumotlarni faqatgina bandlikka koʻmaklashuvchi markazlardan yoki tegishli tashkilotlardan, ularning internetdagi veb-sayti hamda ishonch telefonlari orqali olish va hujjatlarni toʻgʻridan-toʻgʻri shu tashkilotlarga topshiring;
- oʻqish yoki ishga taklif qilayotgan oʻquv muassasalari, idora va tashkilotlardan ularning ushbu faoliyat bilan shugʻullanishi uchun ruxsat berilgan hujjatlarni, ularning ish faoliyati bilan bogʻliq holatlarni soʻrab-surishtiring; 
- qonuniy tartibda rasmiylashtirilayotgan hujjatlar uchun oʻqishga yoki ishga joylashishda hech qanday pul yoki moddiy qimmatliklar talab qilinmasligini, bu – oʻta ogʻir jinoyat ekanligini esda tuting;

“Pora berish – Oʻzbekiston Pespublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasida mansabdor shaxsga pora berganlik uchun oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”. Agarda, bu haqda 30 sutka ichida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilmasangiz!

Qarz oldi-berdi munosabatlarida firibgarlarga uchramasdan, qonuniy tartibda qarz oldi-berdisini amalga oshirmoqchimisiz?

- hech qachon oʻzingiz yaxshi tanimagan va bilmagan, shuningdek, tasodifiy va tez tanishgan shaxslar odamlar bilan qarz oldi-berdisi va boshqa moddiy manfaatli munosabatlarga kirishmang;
- uchinchi shaxslarning manfaatlari uchun oʻzingizga tegishli boʻlgan mulkingizni garovga qoʻygan holda kredit olish takliflariga rozi boʻlmang;
- har qanday miqdordagi pul yoki moddiy qimmatliklarni qarzga berayotganingizda notarial tartibda qarz shartnomasi rasmiylashtirib, bergan qarzingiz qaytmagan taqdirda, uning kafolatiga aniqlik kiritib qoʻying;
- qarz shartnomasi tuzayotganingizda, albatta, uni qachon, qanday tartibda qaytarish, agarda shartnoma shartlari bajarilmagan hollarda, qanday tartibda ustama pullari undirilishini va bu jarayonning qanday amalga oshirilishini belgilab qoʻying;

Tilla taqinchoqlar, qimmatbaho buyumlar, uy-roʻzgʻor, xoʻjalik mollari va boshqa buyumlarni xarid qilayotganingizda firibgarlarga uchramasdan, oʻz xaridingizni ishonchli tarzda amalga oshirmoqchimisiz?

- hech qachon koʻcha-koʻyda, “qora bozor”da yoki hech qanday hujjatlarsiz noqonuniy ravishda savdo-sotiq ishlari bilan shugʻullanuvchi shaxslardan xaridni amalga oshirmang;
- faqatgina tegishli tartibda ruxsatnoma va litsenziyalarga, shuningdek, nazorat kassa mashinalariga ega boʻlgan doʻkon va firmalardan xaridlarni amalga oshirib, bunda xarid qilingan narsalarning xarid cheklarini olishni unutmang;
- sotuvga chiqarilgan narsalarning tegishli hujjatlarini sotuvchidan soʻrab olib, ushbu hujjatlarning aynan shu tovarga tegishliligiga aniqlik kiriting;
- agar boshqa davlat fuqarosi bilan shartnoma tuzmoqchi boʻlsangiz, buni guvohlar ishtirokida amalga oshiring, xariddan oldin pulni bermang, shaxsiy mulklaringizni depozit sifatida topshirmang, pullarni sanang, pullarni berganingizdan soʻng mahsulotlarni darhol tekshiring, qogʻoz paketlarga oʻralgan, elastik bantlar bilan bogʻlab qoʻyilgan pul mablagʻlarini olishda eʼtiborli boʻling; 
- biror-bir savdo firmasi, tashkilot yoki tadbirkorlik subʼektidan tovarlar xarid qilinishi yuzasidan tegishli shartnoma va hujjatlarni rasmiylashtirib, tovarlar Sizga yetib kelganidan soʻng sotuvchiga pullarni berishni unutmang.

Davlat organlari va boshqa xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar  tomonidan aholiga koʻrsatiladigan xizmatlardan foydalanish jarayonida, firibgarlarga uchramasdan, pullaringizni toʻliq va qonuniy  tartibda olmoqchimisiz?

- davlat organlari va boshqa xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga rasman murojaat qilib (ogʻzaki, yozma, elektron), bunda oʻz murojaatingizda aniq holatlarni bayon qiling;
- sizga koʻrsatilishi mumkin boʻlgan xizmatlar, ular uchun toʻlanishi mumkin boʻlgan toʻlovlar, shuningdek, bunda huquq va majburiyatlaringiz bilan tanishib chiqing;
- hech qachon tegishli mansab vakolatiga ega boʻlmagan shaxslar bilan munosabatga kirishmang. 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026