15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 21:04
Jamiyat 👁 1,459

Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan tadbir tantanavor ruhda oʻtdi

Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan  tadbir tantanavor ruhda oʻtdi

Goʻzal va bepoyon Ona diyorimiz yurtning jasur, mard oʻgʻlonlari himoyasida. Ular bor ekan, elimiz tinch, kunu-tunimiz osuda. Butun xalqimiz Vatanning munosib himoyachilari va sarhadlarimiz daxlsizligini taʼminlayotgan qudratli armiyamiz bilan faxrlanadi. Shu bois, mamlakatimizda Vatan himoyachilari kuni bayrami keng nishonlanadi.
Tumanda ham 14-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga  bagʻishlangan tantanali bayram tadbiri oʻtkazildi. Tuman Madaniyat va  aholi dam olish Markazida “Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik matonat va jasorat maktabidir” shiori ostida oʻtkazilgan tadbirda armiyamiz, harbiylarimizni sharaflash hamda yoshlarda, vatanparvarlik, Vatanga sadoqat, iftixor tuygʻularini mustahkamlash kabilar bosh maqsad boʻldi.
Bino oldida bayramga tashrif buyurgan mehmonlar orkestr jamoasi tomonidan ijro etilgan harbiycha marsh sadolari ostida kutib olinganligi, Markaz foyesidagi Davlat bayroqlari, tuman harbiy qismlarining harbiy qurol-aslahalardan iborat koʻrgazmasi hamda tuman Axborot resurs markazining kitob koʻrgazmalari tadbirga tantanavor ruh va fayz bagʻishladi.
Bayram tadbirining tantanali qismini tuman hokimi oʻrinbosari M.Ahmedova tabrik soʻzlari bilan ochib berdi. Tuman hokimi S.Yoʻldashev ham soʻzga chiqib, Vatanimiz hududini hushyorlik bilan himoya qilayotgan, tinchlik-xotirjamlikni ishonchli taʼminlayotgan harbiylarni, boʻlgʻusi yurt himoyachilarini hamda barcha yurtdoshlarimizni sharafli bayram bilan qutlugʻladi. Bayram munosabati bilan tumandagi “Mangʻit” chegara posti hamda “Ayoqchi” chegara posti  ofitser va askarlarga “Faxriy yorliq”lar, sovgʻalar topshirdi..
Shundan soʻng, tumanda bayram arafasida oʻtkazilgan sport musobaqalarida faxrli oʻrinlarni egallagan gʻoliblarga ham “Faxriy yorliq” va sovgʻalar berildi.
Bayramga tashrif buyurgan askar onasi, O.Adilboyeva, tumandagi harbiy qism askari A.Abduraimov va boshqalar soʻzga chiqib, barchani bayram bilan muborakbod etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 26 yilligiga hamda Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan bayram tadbiri tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan “Vatan himoyasi – muqaddas” nomli teatrlarshtirilgan musiqiy dastur bilan davom ettirildi. Namoyish etilgan “Armiyaga kuzatish marosimi”, “Qasamyod qabul qilish”, “Teroristlarga qarshi kurash” kabi kompozitsion koʻrinishlar, Vatanni madh etuvchi ashulalar, dilrabo kuy va jozibali raqslar tomoshabinlarni nihoyatda zavqlantirdi.
O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019