HISOBOT YIGʻILIShI OʻTKAZILDI
Tuman hokimligida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman Kengashining 2017-yil davomida amalga oshirgan ishlari yakuni boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda tuman hokimi oʻrinbosarlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi va tuman Kengashlari vakillari hamda ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, idora-tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Yigʻilish kun tartibidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman Kengashi ijro apparatining 2017-yil faoliyati yakunlari hamda 2018-yildagi ustuvor vazifalar toʻgʻrisidagi masala yuzasidan Kengash raisi birinchi oʻrinbosari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi raisi A.Qoʻshayevning maʼruzasi tinglandi.
Shuningdek, fuqarolar yigʻinlarida yoshlar bilan ishlash, sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha 2017-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2018-yilga rejalashtirilgan vazifalar, fuqarolar yigʻinlarida diniy-maʼrifiy ishlar hamda faxriylar bilan ishlashish boʻyicha 2017-yilda amalga oshirilgan ishlar xususida maʼruzalar tinglandi.
Maʼruzalar yuzasidan qizgʻin muzokaralar boʻlib oʻtdi.
Yigʻilish soʻnggida mahalla tizimi faollariga fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika boshqaruvi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va tuman Kengashlari nomidan faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi.
O.XUDOYBERGANOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶