PREZIDENT MUROJAATNOMASINI OʻRGANIShGA BAGʻIShLANGAN YIGʻILISh
15-yanvar kuni tuman Davlat soliq inspektsiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 22-dekabr kungi Oʻzbekiston respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasini oʻrganishga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib, unda tuman Davlat soliq inspektsiyasi xodimlari, tadbirkorlar va tuman iqtisodiy sudi xodimlari ishtirok etdilar.
Yigʻilishda tuman iqtisodiy sudi raisi U.Sabirov Prezident Murojaatnomasining “Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlari” deb nomlangan qismining mazmun mohiyati toʻgʻrisida maʼruza qildi.
Tuman iqtisodiy sudi raisi U.Sabirov va tuman Davlat soliq inspektsiyasi boʻlim boshligʻi J.Raximovlar tuman tadbirkorlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar berishdi.
Yigʻilishda muhokama etilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶