IJODKOPLAP GAZETXONLAP BILAN UChPAShDI
Gazeta – xalq hayotining oynasi. Unda insonlarning orzu-istaklari, kelajakka ishonch va umidlari, shu barobarida turmush tarziga xos muammolari aks etib turadi. Ijod ahli xalq ichiga kirib borib, ularning talab va istaklarini oʻrganadi, muammolar yechimini topishda koʻmaklashadi. Chunki gazeta xalqniki, ijodkor jurnalistlar esa ana shu xalqqa maʼnaviy-maʼrifiy koʻmakchidir.
“Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi maxsus muxbiri, Qoraqalpogʻiston Pespublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Pobiya Yoʻldosheva va gazetaning suratchi-muxbiri Mahmudjon Shomurodovlar shu yilning 16-yanvar kuni “Qangli” ovulida boʻlishib, gazetxonlar bilan uchrashdilar.
Ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv yigʻilishida ovul faollari, “Taraqqiyot koʻzgusi” va uning ilovasi “Mening oilam” gazetalarining obunachilari ishtirok etdilar. Uchrashuvda jurnalist Pobiya Yoʻldosheva gazeta ijodkorlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar , tahririyatning ijodiy rejalari, gazeta obunachilari uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berdi.
Shundan soʻng obunachilardan Xolboy Pajabov, Paʼno Ametova, Orzigul Abdullayeva, Gulora Yeshmurodovalar “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasida yoritilayotgan maqolalar xususida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ayniqsa, Ahmad Nafasov qalamiga mansub sheʼrlar, Pobiya Yoʻldoshevaning “Qaynonaning dil sandigʻi ochilganda”, “Kunlardan bir... Mahallada” ruknlari bilan berilayotgan tarbiyaviy mavzudagi maqolalar, yoshlar ijodiga qaratilayotgan eʼtibordan mamnun ekanliklarini izhor etdilar. Shuningdek, obunachilar gazeta sahifalarida “Qangli” ovuli yoshlarining hayotiga bagʻishlangan maxsus sahifa tayyorlash, alohida qobiliyatli yoshlarning ijod namunalarini gazetada yoritish boʻyicha oʻz fikrlarini bildirdilar.
Gazetxonlar bilan uchrashuv barchada yorqin tassurotlar qoldirdi.
Sherzod Toʻrayev, “Qangli” OFY "Mahalla posboni"
jamotchilik tuzilmasi rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶