PESPUBLIKA IŞÇI GUPUHI AʼZOLAPI AMUDAPYoLIK YoŞLAP BILAN UÇPAŞDI
Keyingi yillarda mamlakatimizda yoşlarning hayotda öz örnini topişi uçun munosib şaroit yaratiş, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, kasbga yönaltiriş va bandligini taʼminlaş, taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş borasida tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
Ayniqsa, çekka hududlarda istiqomat qilayotgan yoşlarning öz iqtidor va qobiliyatlarini röyobga çiqarişlari, tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişlari uçun keng şaroitlar yaratiş, ularni turli zararli illat va yot ğoyalar taʼsiridan himoya qiliş, yoşlar örtasida jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş böyiça muayyan işlar amalga oşirildi.
Bu borada erişilgan natijalarni tahlil qiliş, yoşlarning bugungi faoliyati va qiziqişlari bilan yaqindan tanişiş, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlaş va hal qiliş maqsadida Pespublika işçi guruhi 16-yanvar kuni Amudaryo tumanida böldi.
Işçi guruh öz faoliyatini tumandagi 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi majlislar zalida faol yoşlar bilan uçraşuvdan boşladi.
Uçraşuvda Özbekiston Pespublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qiliş, murojaatlar bilan işlaşni nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari Alişer Usmanov, Qoraqalpoğiston Pespublikasi Vazirlar Kengaşi Paisi Qahramon Sariyev, Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yöldoşev, vazirlik va idoralar rahbarlari, tumanning faol yoşlari iştirok etdi.
Taʼkidlanganidek, yoşlarga eʼtibor mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga kötarilgan. Yoşlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlaş, kelajagimiz egalarining maʼnaviy, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topişiga kömaklaşiş, ularning bandligini taʼminlaş, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltiriş, iqtidorli va isteʼdodli yoşlarni qöllab-quvvatlaş hamda rağbatlantiriş, yoşlar tadbirkorligini rivojlantiriş uçun şart-şaroitlar yaratiş yönalişlarida amalga oşirilayotgan işlar bu fikrning isbotidir.

Uçraşuvda Yoşlar ittifoqi Amudaryo tuman Kengaşi raisi Mahmud Şermetov sözga çiqib, tuman yoşlarining erişayotgan yutuqlari haqida töxtalib ötdi.
Salkam 200 ming nafarga yaqinlaşgan tuman aholisining 70 ming nafarga yaqini voyaga yetmagan yoşlardir. Hozirgi kunda tumanda 86 ta umumtaʼlim maktablari mavjud bölib, ularda 38 ming nafardan ziyod öquvçi-yoşlar taʼlim-tarbiya olişayapti. Maktablarda va maktabdan taşqari taʼlim muassasalarida turli tögaraklar faoliyati yölga qöyilgan bölib, ularda yoşlar nafaqat fan, balki sanʼat, sport sirlarini çuqur örganib, kasb-hunar egallamoqda.
Birgina ötgan yilning özida Prezidentimizning beşta muhim taşabbusi ijrosini taʼminlaş maqsadida 4 ta ovul va mahallada sunʼiy qoplamali futbol maydonçalari, Qiliçboy ovulida fitnes klubi, Kuyuk köpir ovuli va Qipçoq şaharçasida “Street work out” sport maydonçasi foydalanişga topşirildi. 4 ta ovulda yangi kutubxona taşkil etilib, ularga homiylar kömagida 2 mingdan ortiq kitoblar sovğa qilindi.
Oçiq muloqot tarzida bölib ötgan uçraşuvda yoşlar mutasaddilarga savollar hamda özlarini qiynayotgan masalalar bilan murojaat qildi. Jumladan, tumanda iqtidorli bolalar maktabini taşkil qiliş, yoşlarning bandligini taʼminlaş, yoşlar tadbirkorligini rivojantiriş, yoş oilalarni uy-joy bilan taʼminlaş hamda boşqa dolzarb masalalar böyiça murojaatlar şu joyning özida örganilib, ularni hal qiliş böyiça tegişli vazirlik va idoralar rahbarlariga topşiriqlar berildi.
Şuningdek, 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida kitoblar va yoş rassomlar körgazmalari ham taşkil etildi.
Işçi guruh Amudaryo tumanidagi faoliyatini davom ettirmoqda.
Ğ.Yeşniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶