Amudaryo tuman iqtisodiy sudi 2017-yil davomida 111 ta sud majlislarini oʻtkazdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4966-sonli Farmoniga asosan 2017-yil iyun oyidan boshlab Amudaryo tuman iqtisodiy sudi tashkil qilingan edi.
Sudga 2017-yil davomida jami 112 ta daʼvo arizalar hamda arizalar kelib tushgan. Shundan jami 111 tasi ish yuritishga qabul qilinib, sud majlislari tayinlangan boʻlsa, 1 ta daʼvo ariza iqtisodiy sudida koʻrib chiqishga tegishli boʻlmaganligi sababli qabul qilish rad etilgan. Ish yuritishga qabul qilinib, sud majlislari tayinlangan jami 111 ta daʼvo ariza hamda arizalarning:
69 tasi xoʻjalik yurituvchi subʼektlar soliq hisobotlarini oʻz vaqtida topshirmaganligi sababli tuman Davlat soliq inspektsiyasi tomonidan ularning banklardagi hisob varaqalar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish kabi huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi;
21 tasi xoʻjalik yurituvchi subʼektlar soliq qonunchiligini buzganligi sababli tuman Davlat soliq inspektsiyasi tomonidan ularga nisbatan moliyaviy jarimalar qoʻllash kabi huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi;
12 tasi fermer xoʻjaliklarga ajratilgan kreditlardan muddati oʻtgan kredit qarzdorligini va unga hisoblangan foizlarni undirish, undiruvni garov mulklariga qaratish boʻyicha «Agrobank» ATB Amudaryo filiali manfaatida Oʻzbekiston SSP Qoraqalpogʻiston boshqarmasi tomonidan kiritilgan daʼvo arizalari;
4 tasi fermer xoʻjaliklarga ajratilgan kreditlardan qarzdorligini va unga hisoblangan foizlarni undirish, undiruvni garov mulklariga qaratish boʻyicha «Mikrokreditbank» ATB Mangʻit filiali manfaatida Oʻzbekiston SSP Qoraqalpogʻiston boshqarmasi tomonidan kiritilgan daʼvo arizalar;
2 tasi xoʻjalik yurituvchi subʼektlardan koʻrsatilgan xizmatlar xaqini undirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Ekologiya va tabiatni muxofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan kiritilgan daʼvo arizalari;
yana 2 tasi xoʻjalik yurituvchi subʼektlar oʻrtasida tuzilgan shartnomalardan kelib chiqqan nizolar boʻyicha daʼvo arizalari;
1 tasi esa soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha boqimanda qarzlarni undirishni xoʻjalik yurituvchi subʼektning mol-mulkiga qaratish boʻyicha tuman Davlat soliq inspektsiyasi tomonidan sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizalardir.
Sud majlisining tarbiyaviy va profilaktik axamiyatini oshirish maqsadida tuman iqtisodiy sudi tomonidan 2017-yil davomida jami 72 ta ish boʻyicha sayyor sud majlislari oʻtkazildi.
Gʻ.Yeshniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶