“Amudaryo paxta tozalash” AJda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish mavzusida maxsus taktik oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi (video)
Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentinig 2017-yil 28-noyabrdagi “Paxtachilik tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori, Oʻzbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 44-sonli bayoni ijrosini taʼminlash hamda Pespublikaning paxtachilikka ixtisoslashgan tumanlarida paxta tozalash korxonalari va ularga qarashli paxta qabul qilish maskanlarida yongʻin bilan bogʻliq sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish davlat hududiy quyi tizimi xizmatlari kuch
va vositalarining hamkorligini muvofiqlashtirish maqsadida qabul qilingan tuman hokimi – fuqaro muhofazasi boshligʻining buyrugʻi qabul qilingan edi.
Ushbu hujjatlarga asosan 24-yanvar kuni “Amudaryo paxta tozalash” AJda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish mavzusida maxsus taktik oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.
Aytish kerakki, mashgʻulotni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha toʻliq tayyor holda kuch va vositalar jalb etildi, oʻquv mashqining samaradorligini oshirish maqsadida oʻquv nuqtalari yongʻin xavfi koʻproq kelib chiqish mumkin boʻlgan hududlarda oʻtkazildi.
Oʻquv mashqi doirasida masʼul xizmatlarning avariya-tiklash tuzilmalari shaxsiy tarkibi hamda jihozlangan texnikalarini jalb qilgan holda saf koʻrigi oʻtkazildi. Mashgʻulotlarda esa korxona va tayyorlov maskanlarida paxta xom ashyosi va tayyor mahsulotlarini saqlashda yongʻin xavfsizligini taʼminlash, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir boʻlishining oldini olish choralari koʻrildi. Oʻz navbatida barcha yongʻinga qarshi vositalarning va oʻt oʻchirish avtoulovlarining shay holatda boʻlishiga alohida eʼtibor qaratildi.
Maxsus taktik oʻquv mashqlari davomida paxta tozalash korxonasi va tayyorlov maskanlaridagi texnologik qurilmalarning doimiy soz holatda boʻlishi, ehtiyot qismlari, yoqilgʻi moylash mahsulotlarining zaxiralari yaratilganligi hamda kuch va vositalarining belgilangan vazifalarni real bajarish imkoniyatlariga baho berildi.
Tayyorlov maskanlarida paxta gʻaramlarini oʻz vaqtida brezentlar bilan yopish ishlari amalga oshirilib, noqulay ob-havo sharoitiga tayyorlash choralari ham koʻrildi.
Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yongʻin va favqulodda vaziyatlar sharoitida va uning oqibatlarini bartaraf etishda tezkor shtablarning faoliyat koʻrsatishi hamda paxta tozalash korxonalari tayyorlov maskanlarida navbatchi-dispetcherlik xizmatlari bilan doimiy axborot almashinuvi qay darajada yoʻlga qoʻyilgani yana bir marta sinovdan oʻtkazildi.
Bu kabi choralar yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishga, qolaversa, ishchi va xizmatchilarning tabbiy hamda texnogen tusdagi baxtsiz xodisalar yuz berganda toʻgʻri harakatlanish, oʻz jonini, oʻzgalar hayotini va qimmatbaho mulklarni saqlab qolish boʻyicha koʻnikmalarini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Gʻ.Yeshniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶