Amudaryoda DSI rahbari boshchiligidagi sektor qanday ishlamoqda?
Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga doir ustuvor chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori boʻyicha Amudaryo tumanida ham 4 ta sektor tashkil qilingan va samarali faoliyat olib bormoqda.
Jumladan, tuman DSI boshligʻi rahbarligidagi 4-sektor hududidaga tumanning Nazarxon, Tosh-yop ovul, hamda Namuna, Chordara, Navoiy, Boʻston, Beruniy mahalla fuqorolar yigʻinlari kiradi.
4-sektorga turli sohadagi tashkilotlardan 23 nafar xodim biriktirilgan boʻlib, 3 ta ovul fuqarolar yigʻini hamda 4 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarida oʻtkazilayotgan aholi bilan muloqotlarda muammo va takliflar oʻrganilmoqda.
Sektor hududida aholi soni 28 ming 833 nafarni tashkil qilib, 5 ming 449 ta oila, 4 ming 212 ta xonadonlar bor. Shundan kam taʼminlangan oilalar soni 139 tani, mehnatga layoqatli ishsizlar soni 1 ming 916 nafarni, nafaqadagilar soni 2 ming 799 nafarni, nogironlar soni esa 339 nafarni tashkil qiladi.
Hududning umumiy yer maydoni 666 ga boʻlib, 5 ta maktabgacha taʼlim muassasasi, 12 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablari hamda 2 ta tibbiyot muassasalari mavjud.
Toʻrtinchi sektor ishchi guruhi tomonidan uyma-uy yurib hozirgi kunga qadar 4 ming 212 ta xonadon oʻrganib chiqildi. Shundan 744 ta xonadonlarda muammolar aniqlanib, 45 tasi joyida hal qilindi. Qolgan muammolarni oʻrganib chiqib, tegishli tashkilotlarga hal qilish uchun yuborildi.
Shuningdek, 3 nafar fuqaroga nogironlik aravachalari, 2 nafar fuqaroga hassa tayogʻi, 8 nafar fuqaroga qoʻltiq tayogʻi hamda 21 nafar fuqaroga Pespublika tibbiyot muassasalarida bepul daʼvolanish uchun yoʻllanmalar berildi.
Gʻ.Yeshniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶