15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 23:45
Jamiyat 👁 898

YoShLARIMIZ VATANPARVAR BOʻLIB ULGʻAYIShMOQDA

YoShLARIMIZ VATANPARVAR BOʻLIB ULGʻAYIShMOQDA

Mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalik xalqimizning eng katta boyligidir. Uni asrab-avaylashga, mamlakatimiz chegaralari daxlsizligini, xavfsizligini taʼminlashga hissamni qoʻshayotganimdan faxrlanaman. 25-yildirki, Bobur nomli ovul fuqarolar yigʻinida harbiy hisob boʻlimi xodimi sifatida faoliyat yuritib, ovul yoshlarini vatanparvar, yurtimiz osoyishtaligi yoʻlida xizmat qilishga qodir oʻgʻlonlar qilib voyaga yetkazishga qoʻldan kelgancha hissa qoʻshib kelmoqdaman.

Shu maqsadda har yili hududimizdagi maktablarda muddatli harbiy xizmatdan boʻshagan askarlar bilan, farzandlari armiya safida xizmat qilayotgan ota-onalar bilan uchrashuvlar oʻtkazamiz. Harbiy xizmat yoshlarda mustahkam iroda, insoniy fazilatlarni shakllantiradigan, jismoniy chiniqtiradigan oʻziga xos maktab ekanligini tushuntiramiz. Natijada yoshlarimizda harbiy xizmatga qiziqish tobora ortmoqda.

Ayni kunda ovulimizda armiya safiga chaqirilish yoshidagi yigitlar 450 nafardan ziyod. 34 nafar yigitlar muqobil xizmatni ado etish uchun shay turishibdi. Ikki nafar yigit – Doniyor Ortiqov, Xurshid Jalolovlar muddatli harbiy xizmatlarini nihoyasiga yetkazish arafasida.

Ovulimiz yoshlarining harbiy xizmat burchini oʻtash uchun koʻngilli boʻlib, tuman Mudofaa boʻlimiga kelayotganligining ham oʻziga yarasha sabablari bor. Yigitlarning barkamollikka erishuvida harbiy xizmatning ijobiy taʼsirini ular oʻz hayotlarida koʻrib, shunday xulosaga kelishayotir. Chunki oʻtgan yillarda harbiy burchini namunali ado etib, imtiyozga ega boʻlib qaytgan sobiq askar Sarvar Yoʻldoshev Qoraqalpoq Davlat Universitetiga, Ravshanbek Oʻrozboyev Farmatsevtika institutiga, Azamat Ortiqov Ichki ishlar vazirligi akademiyasiga oʻqishga kirib, aʼlo baholarga oʻqimoqdalar. Oʻtgan yilning oʻzida oʻn nafardan ziyod yigitlar muqobil harbiy xizmatni ado etishib, tuman Mudofaa ishlari boʻlimi tavsiyanomasi bilan turli korxona-tashkilotlarga ishga joylashishdi. Muddatli harbiy xizmatini ado etib kelgan Bahriddin Oʻrozimbetov, Zokir Ortiqov, Oybek Ollombergenovlar esa oʻz kelajaklarini harbiy soha bilan bogʻlab, shartnoma asosida harbiy xizmatni davom ettirmoqdalar.

Toshkentdagi Oliy harbiy qoʻmondonlik bilim yurtining oxirgi bosqichida tahsil olayotgan Oymurod Bozorboyevning har taʼtilga kelishi ovulimiz yoshlari uchun chinakam bayramga aylanadi. Yoshlarimizda Vatan himoyasi uchun daxldorlik hissini tarbiyalashda uning taʼsiridan foydalanish uchun uchrashuvlarini oʻtkazayapmiz.

Vatan himoyasi – muqaddas burch. Yoshlarimiz bu burchni his qilib ulgʻayishlariga erishish esa bizning eng ulugʻ maqsadimizdir.

Ilhom Oʻrozboyev,

Bobur nomli OFY harbiy hisob boʻlimi xodimi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019