Qoraqalpogʻistonda qorilar musobaqasi oʻtkazildi
Ellikqalʼa tumanida qorilar musobaqasi oʻtkazildi. Musobaqada Amudaryo, Beruniy, Toʻrtkoʻl va Ellikqalʼa tumanlaridan tashrif buyurgan 18-25 yosh va 26-40 yoshlar oʻrtasidagi qorilar ishtirok etdilar. Shundan 6 nafarini amudaryolik qorilar tashkil etdi. Musobaqaga Oʻzbekiston Pespublikasi Diniy ishlar boʻyicha qoʻmitasidan tashrif buyurgan musobaqa tashkiliy hayʼati aʼzosi Hasanxon Yahyo Abdulmajid va boshqalar hakamlik qildilar. Ishtirok etgan qorilar Qurʼoni Karimni yoddan tilovat qilish va kitobdan qiroat bilan oʻqish boʻyicha bellashdilar.
Musobaqada qorilar Qurʼoni Karim suralarini qiroat bilan tilovat qilish boʻyicha bir-biridan qolishmaslikka harakat qildilar. Musobaqadan soʻng, amudaryolik qorilar tuman jomeʼ-masjidi imomi Abdurahmon Matsapoyev boshchiligida muqaddas qadamjolarimizdan biri boʻlgan “Sulton Uvays bobo” ziyoratgohini ziyorat qildilar.
Yoʻldoshboy Boltaboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶