Yoshlar oʻrtasida futbol boʻyicha Osiyo chempioni – Oʻzbekiston Yoshlar jamoasiga
ORIYaT VA GʻURUR GʻALABA QILGANDA
Bir yuz oʻttiz millat bolasin quchgan,
Mehrga limmo-lim Onajon – Vatan!
Koʻrdingmi, tabarruk tuzingni ichgan,
Har bitta bolangning qalbida yongan
Oriyat, gʻururning yuksalganini!
Millionlar oʻyini. Futbol maydoni,
Olqishlar, xitoblar yangragan oni.
Hayratda qoldirib ahli dunyoni,
Madhiyang quchgan dam ul Osiyoni.
Koʻrdingmi, yuraklar toʻlgʻonganini!
Har biri oʻzbekning joni, bovuri,
Bir-biriga payvand mehrin hovuri.
Koʻrsa, beshik koʻrar faqat yovuri –
Yelkasi yer koʻrmas yurtning yovquri –
Koʻrdim, jasoratga shaylanganini!
Toʻp surgan pallada oʻgʻlonlarimiz,
Dillarga sigʻmadi tugʻyonlarimiz.
Yuraklarga botgan armonlarimiz
Ushalib, azamat arslonlarimiz
Koʻrdik, kurashlarda saylanganini!
Osiyo osmoni jaranglar sochdi,
Oʻzbegim futboli zarvaraq ochdi!
Veʼtnam – Oʻzbekiston oʻrtoqlik matchi
Mislsiz imkonlar eshigin ochdi.
Bildilar, ona Yurt, tengsizligini!
Bildilar. “Onam!” deb quchogʻin ochgan
Oʻgʻlonlar ortida fidoyi – Vatan.
Barisi totuvlik mehridan ungan,
Tanida ajdodlar qoni gupirgan,
Ulugʻ nafaslarning uygʻonganini!
Ana, yuraklarga hayajon solib,
Oʻgʻlonlar qaytdilar sharaf-shon olib.
Osiyo osmoni uzra yuksalib,
Ona yurt bayrogʻ hilpirar! Gʻolib!
Ahli dunyo koʻrdi imkonlaringni!
Dunyoda bitta soʻz aytildi takror:
“Sharqda buyuk Vatan – Oʻzbekiston bor!”
Dedilar, bu Yurtni buyuk qilgan OR –
Shu aziz tuproqqa Mehr, Iftixor –
Hoqoni xalq uchun Dengizligini!
Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶