Amudaryoda fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha eng faol maslahatchisi aniqlandi
2-fevral kuni Amudaryo tumanida “Eng faol keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha maslahatchi” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi. Joriy yilning 25-30-yanvar kunlari fuqarolar yigʻinlarida oʻtkazilgan saralash bosqichlarining 8 nafar gʻoliblari tanlovning tuman bosqichida oʻzaro bellashdilar.
Hakamlar hayʼatining qaroriga koʻra, Z.M.Bobur nomli ovul fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar boʻyicha maslahatchisi Murotboy Soburov faxrli 1-oʻrinni, Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar boʻyicha maslahatchisi Amina Yusupova 2-oʻrinni, Qum yop mahalla fuqarolar yigʻini raisining maslahatchisi Gulmirza Saparbayev esa 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Shuningdek, “Jonkuyar yoshlar murabbiysi”, “Tashabbuskor mahalla targʻibotchisi”, “Notinch oila hamdardi”, “Voyaga yetmaganlar yoshlarni toʻgʻri yoʻlga boshlagan nuroniy”, “Oʻsmir taqdiriga dahldor nuroniy” va “Faol tadbirkor maslahatchi” nominatsiyalari boʻyicha gʻoliblar aniqlanib, homiylar tomonidan ragʻbatlantirildi.
Rim OʻRAZBAYeV,
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha
tuman kengashi raisining keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha oʻrinbosari, tuman Kengashi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶