SPOPT MUSOBAQALAPI YaKUNLANDI
Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar tashkiloti tuman Kengashi oʻquv-sport texnika klubi oʻquv mashgʻuloti maydonchasida oʻn kun davomida sport musobaqalari oʻtkazildi. Tuman sport qoʻmitasi va Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tuman Kengashi oʻquv-texnika klubi bilan hamkorlikda yoshlarni jismonan sogʻlom qilib ulgʻaytirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida oʻtkazilgan sport musobaqasida tumandagi 8 kasb-hunar kolleji va Amudaryo Akademik litseyi oʻquvchilari ishtirok etdilar.
Musobaqa jarayonida oʻquvchilar granata uloqtirish, turnikda tortinish, 100 metr masofaga yugurish va havo miltigʻidan oʻq otish shartlari boʻyicha kuch sinashdilar. Shartlarni bajarishda har bir oʻquvchi epchillik va chaqqonlik bilan harakat qilib gʻolib boʻlishga intildi.
Musobaqaning yakuniy bosqichida har bir shart boʻyicha va umumjamoa hisobidagi gʻoliblar aniqlanib, umumjamoa hisobida 1-oʻrin Mangʻit Iqtisodiyot kolleji oʻquvchilariga, 2-oʻrin Amudaryo Akademik litseyi oʻquvchilariga va 3-oʻrin Amudaryo Qishloq xoʻjalik kasb hunar kolleji oʻquvchilariga berildi. Gʻolib jamoalar tuman Sport qoʻmitasi va Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tuman Kengashi oʻquv-sport texnika klubi tomonidan “Faxriy yorliq” va sovgʻalar bilan taqdirlandi.
O.XUDOYBEPGANOVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶