28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:01
Adabiyot 👁 228

“OROL – MENING TAQDIRIMDA” MAVZUSIDAGI INShOLAR TANLOVI YaKUNLANDI

“OROL – MENING TAQDIRIMDA” MAVZUSIDAGI INShOLAR TANLOVI YaKUNLANDI

Tumanimizda faoliyat yuritayotgan “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan “Besh tashabbus – besh imkoniyat!” nomli grant loyihasining ish rejasi boʻyicha tumanimizning barcha hududlarida yoshlar bilan uchrashuvlar, badiiy kechalar, tanlovlar, turli tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda. Loyihaning asosiy  maqsadi – yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning isteʼdodlarini yuzaga chiqarish, yoshlarni turli zararli illatlardan himoya qilishdir.
Shu yilning yanvar oyida “Jayxun ilhomlari” NNT tomonidan “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati bilan hamkorlikda manzilli qoʻllab-quvvatlash daftarlariga kiritilgan yoshlarning adabiyotga qiziqishini oshirish va isteʼdodlarini yuzaga chiqarish maqsadida ular oʻrtasida “Orol – mening taqdirimda” mavzusida insholar tanlovi  eʼlon qilingan edi.

Oʻtkazilgan insholar tanlovi tumanimiz yoshlarining ona tabiat, atrof-muhit, yurtdoshlarimiz salomatligi, Vatan kelajagi uchun fidoyi ekanliklarini yaqqol namoyon etib turibdi. Ular oʻzlari qalamga olgan ushbu mavzuda Orol dengizi tarixi, bugungi ayanchli ahvoli, uning insoniyat koʻz oldida butunlay qurib yoʻq boʻlib borayotganligi, tabiat va hayvonot olamiga salbiy taʼsirlari haqida jon kuydirib, fikr yuritgan.

Tashkilotimizga ushbu mazmunda kelib tushgan insholar badiiy kengash aʼzolari tomonidan koʻrib chiqilib, gʻolib va sovrindorlar aniqlandi. Unga koʻra tumanimizdagi 73-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi Sohiba Sobirova “Eng yaxshi, tahliliy fikrlari uchun” 1-oʻringa, 69-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchisi Sarvinoz Yarashboyeva “Eng yaxshi ezgulik targʻibotchiligi uchun” 2-oʻringa, 36-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchisi Javlonbek Oʻrozaliyev “Mavzuga oid eng yorqin fikrlari uchun” 3-oʻringa munosib deb topildilar.

Shuningdek, 73-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchisi R.Madrahimova, 10-sinf oʻquvchisi G.Gulimmatova, 11-sinf oʻquvchisi K.Gulimmatova, 10-sinf oʻquvchisi S.Zaripova, 69-sonli 7-sinf oʻquvchisi D.Erkinboyev, 8-sinf oʻquvchisi Z.Bozorboyeva, 9-sinf oʻquvchisi K.Madrahimova, 11-sinf oʻquvchisi D.Rahimboyeva, 24-sonli maktabning 8-sinf oʻquvchisi A.Soliyboyeva, 84-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchisi S.Usmonova, 32-sonli maktabning 7-sinf oʻquvchisi Sh.Saʼdullayeva 13-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi S.Xolboyeva, 83-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi M.Yoʻldosheva, 39-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi S.Bozorboyevalar “Eng yaxshi samimiy fikrlari uchun” sovrindorlar safidan joy oldilar.

Gʻolib va sovrindorlarga “Jayxun ilhomlari” NNT tomonidan tayyorlangan sovgʻalar va maqtov yorliqlari topshirildi.

Oʻrozali REYIMOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026