28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:30
Jamiyat 👁 643

“Ekologik madaniyat — sogʻlom kelajak asosi” loyihasi doirasida ijodkor yoshlar oʻrtasida insholar va rasmlar tanlovi oʻtkazildi

“Ekologik madaniyat — sogʻlom kelajak asosi” loyihasi doirasida ijodkor yoshlar oʻrtasida insholar va rasmlar tanlovi oʻtkazildi

Butun dunyoda iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq muammolar geografiyasi tobora kengayib, ekologik beqarorlik xavfi ortib bormoqda. Bemavrid suv toshqinlari bilan bir vaqtda yer yuzining turli burchaklarini qamrab olayotgan suvsizlik, qurgʻoqchilik oqibatida insoniyat boshiga yogʻilayotgan talofatlar tabiat bilan oʻylab, oqilona munosabatda boʻlishni taqozo etmoqda.

Ana shunday murakkab sharoitda ekologik vaziyatni yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza qilish orqali insonlar uchun sogʻlom havo muhitini yaratish barcha davlatlar, shu jumladan, mamlakatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Ayni paytda bu dolzarb muammoni hal qilish borasidagi saʼy-harakatlarda nafaqat davlat boshqaruvi organlari, balki nodavlat tashkilotlar ham faol ishtirok etishmoqda.

Amudaryo tumanida faoliyat olib boruvchi “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Ekologik madaniyat — sogʻlom kelajak asosi” grant loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan targʻibot-tashviqot tadbirlari ham aholi, ayniqsa, yoshlarni ekologik va atrof-muhitga, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga, tabiiy resurslardan tejab-tergab, oqilona foydalanishga daʼvat etish, ularning ekologik bilimlarini oshirishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Yaqinda mazkur grant loyihasi ish rejasiga muvofiq “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti hamda “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati hamkorligida tashkil etilgan “Yashil tabiatni asrash — oʻz qoʻlimizda” mavzusidagi insholar tanlovida ham oʻquvchi-yoshlar faollik bilan ishtirok etishib, oʻz ijodiy ishlari orqali atrof-muhit muhofazasiga, ona tabiatga, shu barobarida ekologik muammolarga befarq emasliklarini amalda namoyon etdilar.

Tanlov avvalo umumtaʼlim maktablarida oʻtkazilib, oʻquvchilar tomonidan yozilgan eng yaxshi insholar ona tili va adabiyot oʻqituvchilarining xulosalari asosida tanlovning hakamlar hayʼatiga tavsiya etilib, gʻoliblar shaffoflik asosida aniqlandi va “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Joriy yilning 23-dekabr sanasida esa 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida “Ekologik madaniyat — sogʻlom kelajak asosi” loyihasi doirasida “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkilotiga aʼzo shoir va yozuvchilar, jurnalistlarning yosh ijodkorlar bilan uchrashuvi tashkil etilib, ekologiya va atrof-muhit musaffoligi, yashil maskanlarning ahamiyati, kelajak avlodga musaffo havo va toza ekologik muhit qoldirish mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi.

Tanlov avvalida tadbir ishtirokchilari mazkur maktab oʻquvchi-yoshlarining ijodiy ishlari koʻrgazmasi bilan yaqindan tanishdilar. Rasmlar tanlovining yuqori saviyada, shaffoflik asosida oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida yosh rassomlar uchun qulay va zarur shart-sharoitlar yaratilib, jarayon maktabning tasviriy sanʼat yoʻnalishi boʻyicha malakali oʻqituvchisi Muhriddin Xoliqov tomonidan kuzatib borildi.

Tanlov yakunida yosh ijodkor-rassomlarning ekologik muammolarni bartaraf etish, yashil oʻrmonzorlarni koʻpaytirish, hayvonot dunyosini asrab-avaylash borasidagi munosabatlari aks etgan ijodiy ishlari tanlab olinib, gʻoliblar tanlov tashkilotchilari tomonidan faxriy yorliqlar, esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Grant loyihasi doirasida umumtaʼlim maktablari oʻquvchi-yoshlari oʻrtasida oʻtkazilayotgan ekologiya mavzusiga bagʻishlangan bu kabi insholar tanlovlari, shuningdek, shoir va yozuvchilar, jurnalistlarning yosh ijodkorlar bilan uchrashuvlari oʻsib kelayotgan yosh avlod qalbida tabiatga mehr-muhabbat tuygʻularini uygʻotib, ularning ekologik savodxonligini oshirishga hissa qoʻshishi shubhasiz.

Robiya Yoʻldosheva

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026