Yanvar oyida Amudaryo tumanida jinoyatchilik oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirganda 20 foizga kamaydi
Tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari, huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi boshligʻi A.Qurbaniyazovning taʼkidlashicha, 2018-yilning oʻtgan yanvar oyi davomida tuman xududida tezkor vaziyatni yaxshilash, siyosiy-ijtimoiy muhitni barqarorlashtirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish, huquq-tartibot hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasida qator ishlar amalga oshirilgan. Natijada 2018-yil yanvar oyida barcha yoʻnalishlar boʻyicha jami 4 ta jinoyat sodir boʻlgan. Bu oʻtgan yilning shu davridagiga nisbatan 1 taga, yaʼni 20 foizga kamdir.
Joriy yilning yanvar oyida profilaktika inspektorlarning ish yurituvida bulgan 4 ta holat boʻyicha fuqarolar oʻzaro yarashtirilib, natijada 4 ta jinoyatning oldini olishga erishilgan. Hisobot davrida voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir qilinmagan.
Haftaning har payshanba, yaʼni “Profilaktika kuni”ni samarali tashkil etish maqsadida jami 68 nafar xodim, shu jumladan 26 nafar ichki ishlar organlari, 5 nafar huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar xodimlari hamda 37 nafar jamoatchilik vakili bilan hamkorlikda targʻibot tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda.
Foto: qalampir.uz

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶