I.KARIMOVNI XOTIRLASh TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
Mustaqil Vatanimizning Birinchi Prezidenti, buyuk siyosat va davlat arbobi Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar tumanimiz oʻquv muassasalari va jamoat tashkilotlarida hamon xalqimizning suyukli farzandiga cheksiz hurmat-ehtirom tuygʻulari ila davom etmoqda.
Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kollejida boʻlib oʻtgan ana shunday tadbir “Mustaqillik meʼmori” deb nomlandi. Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov xotirasiga bagʻishlangan mazkur tadbirda “Mening Birinchi Prezidentim” mavzusida kollej miqyosida oʻtkazilgan insholar tanlovi gʻoliblari munosib taqdirlandilar va tanlov gʻoliblar oʻz insholarini oʻqib berdilar. Shuningdek, tadbirda “Islom Karimov – mustaqillik arafasida yoki shoʻrolarning soʻnggi talvasasi” nomli hujjatli film namoyish etildi.
Nodira Qozoqboyeva, “Yosh muxbirlar” toʻgaragi aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶