ZAHIPIDDIN MUHAMMAD BOBUP – MAʼNAVIYaTIMIZ SAPVAPI
Kimki özbek nomini, özbek millatining kuç-qudratini, adolatparvarligini çeksiz imkoniyatlarini, uning umumbaşariyat rivojiga qöşgan hissasini, şu asosda kelajakka işonçini anglamoqçi bölsa, Zahariddin Muhammad Bobur siymosini eslaşi kerak.
Uluğ bobokalonimiz, mislsiz söz sanʼatkori va salohiyat sohibi Zahiriddin Muhammad Bobur maʼnaviyatimiz sultoni, sarvaridir. Uning ijodiy merosi, xususan, “Boburnoma”dek tarixiy memuar asari har bir qalbda buyuk vatanparvarlik tuyğusini uyğotuvçi möʼjizakor qudratni özida mujassam etgani bilan qadrli. Biz uni qançalik mutolaa etmaylik, uning yangi-yangi qirralari inson aqlini hayratga, ruhini sohir tuyğular olamiga töldiruvçi fazilatlari oçilaveradi.
Zahiriddin Muhammad Bobur maşaqqatli hayot yöli, ijodiy faoliyati hozirgi kun yoşlariga ibrat bölmoği lozim. Maʼnaviyatimiz sarvari bölgan bu uluğ zot mansub bölgan millat farzandlari ekanimizni, vujudimizda Bobur şijoati jöş urayotganini har birimiz öylasak, anglasak, qalbimizni çinakkam iftixor tuyğulari qamrab oladi.
Bobur Mirzo hayotining mazmuni, betakror faoliyatining asosiy maʼnosi – Vatanga muhabbat degan oliy qadriyatlardan iboratdir. Zotan, bu qadriyat bugungi kunda ham, bundan keyin ham biz uçun, avlodlarimiz uçun birdek qadrli bölib qolaveradi.
Bu dunyoda xalqimiz, millatimiz, Özbekistonimiz bor ekan, Bobur Mirzo nomi yaşayveradi. Ajdodlarimizning maʼnaviy merosini yuksaklarga kötarişda Bobur Mirzoning ruhlari biz yoşlarga hamişa madadkordir.
Salomat XOLIMBETOVA, 31-sonli maktabning
ona tili va adabiyot fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶