OʻQUVChILAP DAVOMATINI YaXShILASh MASALASI MUHOKAMA ETILDI
2018-yilning 1-fevral kuni Amudaryo maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejida tuman IIB profilaktika inspektorlari M.Maxmudov , Z.Kenjayev, Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbari O.Pahimovlar ishtirokida yigʻilish oʻtkazilib, unda kollejning barcha oʻquvchilari va oʻqituvchilari ishtirok etdilar.
Yigʻilishda “Tumanda yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik, taʼlim muassasalaridagi mashgʻulotlarga sababsiz kelmayotgan yoki muntazam qatnashmayotgan oʻquvchilarni aniqlash, ular bilan profilaktik –ogohlantiruv tadbirlarini olib borish, oʻqishga qaytarishni taʼminlash choralarini koʻrish, keng qamrovli “Davomat” tadbirlarini amalga oshirish” masalasi muhokama etildi.
Yigʻilishda IIB profilaktika inspektorlari A.Yuldashev, M.Mahmudov va Z.Kenjayevlar soʻzga chiqishib, voyaga yetmagan oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratchilik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi qonun va bu borada Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan qarorlar boʻyicha tushunchalar berdilar hamda taʼlim muassasasi, oila va mahalla hamkorligini yoʻlga qoʻyish orqali davomatlarni yaxshilash masalasida oʻz fikrlarini bildirdilar.
Yigʻilish yakunida muhokama etilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
Muhammad TOJIBOYeV, kollejda tashkil
etilgan “Muxbirlar posti” aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶