Iqtidorli yoshlar – faxrimiz
Xudoyshukur “Yosh Al-Xorazmiylar” koʻrik tanlovining Pespublika bosqichida ishtirok etadi
31-sonli maktabda joriy yilda 2 ta 10-sinflarni oʻqitish yoʻlga qoʻyildi. Bu 9-sinflarni tugatayotgan oʻquvchilarga taʼlimni oʻz maktabida, oʻz sinfdoshlari bilan birga davom ettirish imkoniyatini yaratdi. Buning ijobiy samaralari oʻquvchilarning oʻzlashtirishlarida, darslar jarayonidagi faolligida namoyon boʻlmoqda.
Ayniqsa 10 a sinf oʻquvchisi Xudoyshukur Boltaboyevning erishayotgan yutuqlari barchaga namuna boʻlayotir.
U matematika fanini alohida qiziqish bilan oʻrganadi. Shu fan oʻqituvchisi Gʻulomjon Yusupov uning bu intilishini qoʻllab-quvvatlab, alohida ham shugʻullanadi. Natijada u 7-sinfda oʻqib yurgan vaqtlaridan boshlab, fan sinovlarida, turli koʻrik-tanlovlarda qatnashib, faxrli oʻrinlarni egallab keldi.
2017-2018 oʻquv yilida Xudoyshukur fanlar olimpiadasining tuman bosqichida gʻoliblar safidan joy olib, respublika bosiqida ishtirok etdi. Shuningdek “Yosh Al-Xorazmiylar” koʻrik-tanlovida ham muvaffaqiyatli qatnashib, Qoraqalpogʻiston respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.
Ayni kunlarda iqtidorli oʻquvchimiz va uning ustozi Gʻulomjon Yusupov koʻrik-tanlovning navbatdagi bosiqichiga puxta hozirlik koʻrishayapti.
Maxsuda XUDOYoPOVA, shu maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶