OChIQ ChEMPIONAT GʻOLIBLARI – TUMANIMIZ VAKILLARI
Shu yilning 25-fevralida Beruniy tumani LEADER karate klubining ochiq chempionati boʻlib oʻtdi. Respublikamiz tumanlaridan va Xorazm viloyatidan 150 nafardan ziyod kuchli karatechilar ishtirok etgan ushbu ochiq chempionatda amudaryolik yosh sportchilar quvonarli muvaffaqiyatlarni qoʻlga kiritishdi.
Bolalar-oʻsmirlar sport maktabining karate WKF tajribali murabbiyi Adham Ibrohimovning shogirdlari yakkalik va jamoa kumite bahslarida oʻz iqtidorlarini namoyish etishdi. Jamoaning eng yosh ishtirokchisi Mansurbek Otajonov 6-7 yoshlilar orasida birinchi,12-13 yoshli 40 kilogramm vazn toifasidagilar orasida Otabek Otajonov birinchi, Joʻrabek Otajonov esa ikkinchi oʻrinni egalladi.
Shuningdek Otabek Otajonov, Ulugʻbek Otajonov, Joʻrabek Otajonovlar 14-15 yoshli oʻgʻil bolalar jamoa kumite bahsida hammadan kuchli ekanligini namoyish etib, birinchi oʻrinni yengib olishdi.
Gʻolib karatechilar mart oyi oxirlarida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan Oʻzbekiston chempionatida ham yaxshi natijalarga erishish uchun qizgʻin tayyorgarlik koʻrishmoqda.
O.RAJABOVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶