MAKTABDA “FUQAPO MUHOFAZASI”KUNI OʻTKAZILDI
Joriy yilning 22-fevral kuni 70-sonli umumtalim maktabida “Fuqaro muhofazasi”kuni oʻtkazildi.
“Hayot xavfsizligi” oʻquv kursi yakuniga bagʻishlanib oʻtkazilgan ushbu tadbirda maktabning barcha oʻqituvchilari, oʻquvchilari va ishchi-texnik xodimlari ishtirok etdilar.
Bu tadbir boshlanishida dastlab maktabning 9-a va 9-b sinflari oʻquvchilari oʻrtasida “Fuqaro muhofazasi”kuniga bagʻishlangan viktorina oʻtkazildi. Viktorina shartlarini toʻliq bajarishga erishgan 9-b sinf oʻquvchilari gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.
“Fuqaro muhofazasi”kuni kun tartibidagi ikkinchi masalaga asosan “Hayot xavfsizligi”kursi boʻyicha “Zilzila”,”Elektr asboblari bilan ishlashda xavfsizlik qoidalari”,”Suv toshqini”mavzularida ochiq darslar oʻtkazildi.
Shuningdek,”Fuqaro muhofazasi”kuni rejasiga koʻra maktab radio tarmogʻi orqali maktab oʻquvchilarini zilzila boʻlishi ehtimoli haqida xabardor qilish, maktabda yongʻin boʻlganida oʻt oʻchiruvchilar tomonidan uni bartaraf etish, oʻquvchilarni qutqarish, jabrlanuvchilarga “Sanitariya posti”azolari tomonidan birinchi tibbiy yordam koʻrsatish mashqlari bajarildi.
“Fuqaro muhofazasi”kunining oxirgi qismida sport musobaqalari oʻtkazilib, havaskor sanatkorlar ijrosida kontsert dasturi namoyish etildi.
Mohira YOʻLDOShEVA,
maktabda tashkil etilgan “Muxbirlar posti”azosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶