Xalq taʼlimi muassasalarida faoliyati yurituvchi ayol-qizlar uchun bayram tadbiri tashkil qilindi
5-mart kuni Amudaryo akademik litseyida tumanimizdagi xalq taʼlimi muassasalarida faoliyati yurituvchi ayol-qizlar uchun 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan tadbir tashkil qilindi.
Bayram tadbirida tuman xalq taʼlimi boʻlmi mudiri Otabek Yoʻldoshev yigʻilganlarni nafosat va goʻzallik bayrami – 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tabrikladi. Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, ayollarni davlat va jamoat ishlariga jalb qilish, oʻz biznesini yoʻlga qoʻyishlariga koʻmaklashish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar oʻqituvchi va murabbiy ayollarni bayram bilan qutlab, kelajagimiz egalari boʻlmish yosh avlod tarbiyasi yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qilayogan opa-singillarimizning ishlariga rivoj tiladi. Bir guruh faol ayollar soʻzga chiqib, muhtaram Prezidentimiz, davlatimiz va hukumatimiz tomonidan ayol-qizlar uchun berilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrliklardan minnatdor ekanliklarini izhor qildilar.
Tadbirda tumanimiz, shuningdek Xorazm viloyatidan tashrif buyurgan sanʼatkorlar dilrabo kuy-qoʻshiqlari bilan bayram dasturuga oʻzgacha shukuh bagʻishladi.



▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶