Oʻzbekistonda yana bir soha xodimlari kuni belgilanmoqda
18-aprel Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari kuni boʻladi. Tegishli qonun loyihasi Parlamentning quyi palatasi deputatlari tomonidan 6-mart kuni oʻtkazilgan navbatdagi majlisda tasdiqlandi.
“Oʻzbekiston Pespublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi Oliy Majlisga Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritildi.
Taʼkidlanganidek, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilishi natijasida uy-joy kommunal xizmatlar koʻrsatish, koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanish, shuningdek xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini oshirish boʻyicha samarali va sifatli yangi tizim shakllantirildi.
Ayni paytda uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasida 157 ming nafardan ortiq xodim va xizmatchi faoliyat koʻrsatmoqda. Kommunal xizmat koʻrsatish sohasi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, sadoqat bilan bajarilgan mehnatni ragʻbatlantirish maqsadida, qonun loyihasida Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tashkil etilgan kun – 18-aprelni Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari kuni etib belgilash taklif etilmoqda.
Oʻzbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining materiallari asosida norma.uz tayyorladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶