Amudaryoda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari jadal surʼatda olib borilmoqda (+Video)
Bahor – goʻzallik va nafosat, yangilanish va yaratuvchanlik fasli. Tumanimizning har bir koʻchasi va aholi maskanlarida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari allaqachon boshlanib ketdi. Bugun chora-atrofga nazar solsangiz, kimdir koʻchat ekayotgani, kimdir ariq qazib, yana kimdir hovli atrofini tozalayotganiga guvoh boʻlasiz. Bu borada ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida tashkil qilingan jamoatchilik nazorati guruhining ham hissasi katta boʻlmoqda. Jamoatchilik nazorata guruhlari aʼzolari nafaqat uy va hovlilarda tozalik va ozodalik, sanitariya talablariga rioya qilinishi, balki tomorqa yerlarining ekishga tayyorlanishini ham nazorat qilib bormoqda.
Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarida yoshlar faolligiga erishish, ularni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan targʻibot ishlari amalga oshirilmoqda. Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar oʻquvchilari boquvchisini yoʻqotgan oilalar, keksa va nogironlarning hovlilarini tartibga keltirish, tomorqa yerlarini ekishga tayyorlash ishlariga yaqindan yordam bermoqdalar.
Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining 2018-yil 23-fevral kungi “2018-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori bilan tegishli mutasaddilarga joriy yilning mart-aprel oylarida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish oyligini tashkil etish hamda bu boradagi ishlar eng yaxshi yoʻlga qoʻyilgan tuman, qishloq va mahallalar tajribasini ommalashtirish vazifalari topshirilgan edi. Shundan kelib chiqaan holda tumanimizning barcha hududlarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari tuman hokimligi tomonidan muvofiqlashtirib borilmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶