ChORDARA MAHALLASIDA DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI
Har bir ota-ona farzandining kamolini koʻrishni istaydi. Agar u adashib nojoʻya ish qilsa, nafaqat ota-ona, balki mahalla, maktab, hattoki yurt obroʻsiga putur yetadi. Shu bois ota-bobolarimiz azaldan farzand tarbiyasiga alohida eʼtibor berib, atrofdagi bolalarning ham odob-axloqli boʻlib voyaga yetishiga oʻzlarini javobgar sanab, “bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona” deb qarashgan.
Bugungi kunda ham jamiyatimizda yoshlar tarbiyasiga oid ezgu saʼy-harakatlar amalga oshirilmoqda. Bu boʻyicha masʼuliyat nafaqat ota-onaga, balki maktab, mahalla va keng jamoatchilik vakillariga yuklanmoqda.
Maʼnan sogʻlom avlodni kamolga yetkazish barcha uchun birdek muhim boʻlganligi sababli “Chordara” mahalasida “Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona” mavzusida oʻtkazilgan davra suhbatida yoshlar tarbiyasi haqida soʻz yuritildi. Davra suhbatida “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi muxbiri Ozoda Xudoyberganova, “Chordara” mahallasi maʼnaviy-maʼrifiy va diniy ishlar boʻyicha maslahatchisi Gulbahor Oʻrozoqova, tuman poliklinikasi shifokori Feruza Jumamurodova, qaynonalar kengashi raisi Rahima Doʻsnazarova, mahalla imomi Oʻrozimbat Toʻrayev, mahalla faollari Oʻgʻiljon Oʻrozboyeva, Gulchehra Saparova hamda 36-maktab oʻqituvchisi va oʻquvchi yoshlari, fuarolar ishtirok etdilar.
Davra suhbatida soʻzga chiqqan O.Xudoyberganova, F.Jumamurodova, Oʻ.Toʻrayev, Oʻ.Oʻrozboyeva, G.Saparovalar bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va ulardan unumli foydalanish, farzand tarbiyasiga eʼtiborli boʻlish, ularni boʻsh vaqtlarini bekor oʻtkazmaslikka oʻrgatish kabilar haqida gapirdilar.
Qiziqarli oʻtgan “Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona” mavzusidagi davra suhbati barchaga manzur boʻldi.
Hayitgul Rajabova, mahalla faoli.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶