BAHORIY KAYFIYaT ULAShGAN TADBIR
44-sonli umumtaʼlim maktabida atoqli oʻzbek shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 103 yilligiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbir boshlovchilari Yulduz Madadova va Bobur Qalandarovlar oʻzbek xalqining sevimli shoirasi Zulfiyaxonim haqida, uning boy ijodiy meʼrosi haqida yuraklarni toʻlqinlantiradigan taʼsirchan soʻzlar orqali gapirishib, davraga bahoriy kayfiyat ulashdilar.
Tadbirda “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti raisi, shoir Ahmad Nafasov, maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Ilhom Bobojonovlar soʻzga chiqishib, Zulfiyaxonim hayoti va ijodi haqida gapirdilar.
Shuningdek, tadbirda maktab oʻquvchilaridan Dilnavoz Oʻrozboyeva, Asaloy Jumamurodova, Surayyo Rajabova va Asaloy Qurbonboyevalar shoira Zulfiya sheʼrlaridan namunalar oʻqidilar.
Atoqli shoiramiz Zulfiyaxonim tavalludining 103-yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan ushbu tadbir barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶