Profilaktika inspektori oʻquvchilar davrasida
Yaqinda 22-sonli maktabda “Voyaga yetmagan yoshlar orasida giyoxvand moddalarning tarqalishiga qarshi kurash” mavzusida 9-10-sinf oʻquvchilari ishtirokida davra suxbati boʻlib oʻtdi. Davra suhbatida yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, fan toʻgaraklari, sport toʻgaraklariga jalb qilish boʻyicha “Choykoʻl”OFY profilaktika inspektori, mayor Ikrom Sultonovning suhbati oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotdi. Shuningdek, tuman IIB xodimi Nodir Davletov voyaga yetmagan yoshlarning tungi vaqtlar turli xil koʻngilochar joylarda ota-onalarining kuzatuvisiz yurish holati aniqlansa yoki oʻquvchi tomonidan sababsiz dars qoldirilsa, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning belgilangan moddalariga koʻra jarima jazosiga tortilishi, giyohvand moddalarning qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi haqidagi video lavxalarni oʻquvchilar etiboriga havola etdi.
Davra suhbatida oʻquvchi-yoshlar ham oʻz fikrlari bilan faol ishtirok etdilar
Umida Yerdosheva,
22-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi,
“Yosh muxbirlar” toʻgaragi aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶