Diqqat, eʼlon!
Hurmatli yurtdoshlar!
Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining 2018-yil 23-fevral kungi "2018-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Navroʻz bayrami yurtimizning barcha joylarida umumxalq sayillari shaklida oʻtkaziladi.
19-mart kuni Amudaryo tumanida boʻlib oʻtadigan bayram tomoshalarida folklor guruhlari, badiiy havaskorlik jamoalari, dorbozlar, shoirlar, shuningdek, professional ijrochilar hamda isteʼdodli estrada xonandalarini jalb etgan holda yuksak saviyada oʻtkazish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, bayram tomoshalarida sumalak sayli, kitoblar yarmarkasi, milliy mahsulotlar koʻrgazmasi ham tashkil qilinadi.
Bayramga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayonida xavfsizlikni taʼminlash maqsadida umumxalq sayllari boʻlib oʻtadigan Mangʻit shahri Olmazor mahallasidagi Markaziy oʻyingoh hamda Madaniyat va istirohat bogʻiga olib boruvchi yoʻllar, yaʼni “Barkamol avlod” hamda Islomobod koʻchalarining bir qismi 18-19-mart kunlari avtotransport vositalari qatnovi uchun vaqtincha yopilishini maʼlum qilamiz.
Barcha yurtdoshlarimizni 19-mart kuni boʻlib oʻtadigan Navroʻz bayrami tomoshalari va umumxalq sayliga taklif qilamiz.
Tuman hokimligi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶