FUQAROLAR YIGʻINLARIDA HARBIYLAR BILAN UChRAShUV TADBIRLARI OʻTKAZILAYaPTI
MXX chegara qoʻshinlariga qarashli 9202 “K” harbiy qism harbiylari tomonidan joylarda Davlat chegarasi rejimini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida yigʻilishlar oʻtkazilayapti.
Tumanimizdagi “Qoramon”, “Boʻzsolma”, “Hizir eli” mahalla fuqarolar yigʻinlarida va Xolimbeg ovul fuqarolar yigʻinida oʻtkazilgan shunday yigʻishilarda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Qonuni talablari, mahalliy aholining chegara oldi joylarda xoʻjalik ishlari bilan shugʻullanish tartibi va ularning davlat chegarasini qoʻriqlashdagi ishtiroki haqidagi masalalarga keng toʻxtalindi hamda Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilishda tezkor maʼlumotlarga oʻz vaqtida ega boʻlishda mahalliy aholi vakillari bilan hamkorlikning ahamiyati haqida keng turda soʻz yuritildi.
Yigʻishilar yakunida harbiylar aholi vakillarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar berdilar.
Ye.ALYaMINOV, serjant

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶